Tojikistonda bosmachilarga munosabat qanday? Yo’g’-e, vazirlarga
Nima sababdan Vladimir Lenin bizning dohiyga aylandi, bosmachilar esa haliyam dushman sanaladi, degan savolni o’rtaga tashladi bir tojikistonlik yosh olim. Dilshod G’oybullayev ismli tarixchi-aspirant Markaziy Osiyodagi barcha muammolarda aynan bolsheviklar aybdor, ular ko’plab tojiklarni o’ldirgan, bu sir saqlangan; agar men rahbar bo’lsam, bolsheviklarga emas, bosmachi deb atalgan odamlarga haykal o’rnatardim, deya fikr bildirdi va “bosmachilar”ni […]
Mahbus baxtli bo’ladimi?
17-may kuni qirg’izistonlik jurnalist va inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov 67 yoshga kirdi. Ulug’ yoshni u oilasi, turmush o’rtog’i, farzandlari va nabiralari bilan birga emas, qamoqda kutib oldi. Mana sakkiz yildirki Azimjon aka panjara ortida qolmoqda. Azimjon Asqarov ishi Qirg’iziston imijidagi eng katta dog’ Asqarov Qirg’iziston janubida ko’p yillar davomida inson huquqlarini himoya qilgan, reportajlar […]
Nyu-Yorkda o’zbek rassomi ko’rgazmasi va ijodiy uchrashuv
Shu kunlarda Bruklinda mashhur o’zbek rassomi Xurshid Nazirovning ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. 12-may kuni soat 14:00 da Kings Bay kutubxonasi binosida rassom bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi. Kutubxonada rassomning asarlari bilan tanishish va o’zi bilan suhbatlashish mumkin. Tadbirni Jahudiylar san’at va hunar gildiyasi tashkil etgan. Xurshid Nazirov ushbu gildiyaning birinchi va hozircha yagona o’zbek a’zosi. Biz bu […]
Rossiyaning Telegramga qarshi kurashi: kim ustun?
Ekssentrik shaxs Uning shaxsiy oroli va o’zi ixtiro qilgan kripto-valyutasi bor. U “Matritsa” filmidagi Keanu Rivz qahramonidek qora kiyim kiyib yuradi. Vaqti-vaqti bilan esa internetda o’zining yarim-yalang’och rasmlarini chop etishni ham xush ko’radi va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taqlid deydi. U ixtiro qilgan messenjerdan yaqingacha Kreml xodimlari va Eron ruhoniylari foydalangan. Messenjer serverlari qaysi […]
Ozarbayjonda saylov: eski hammom, eski tos
Ozarbayjonda 11-aprel kungi prezident saylovlarida kim yutishi boshidan yaxshi ma’lum edi. Shu qadarki, bu voqea haqida ko’plar gapirib ham o’tirmadi, vaholanki, demokratik mamlakatda odatda prezident saylovi katta ahamiyatga ega, undan oldin saylovchilar fikri o’rganiladi, turli siyosiy guruhlar o’z platformalarini e’lon qilib, saylovchilar bilan uchrashadi, teledebat kabi muzokaralarda bellashadi. Ozarbayjonda hokimiyat 2003-yilda ota Haydar Aliyevdan uning […]
Azimjon Asqarovni ozod eting, deydi xalqaro tashkilot
Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi 2-aprel kuni o’zining “Matbuotni ozod eting” (#FreeThePress) kampaniyasini boshladi. Maqsad – kasbiy faoliyati uchun qamalgan besh nafar jurnalistni ozod eting, deya hukumatlarga murojaat qilish, bong urish. O’z mamlakatidagi vaziyatni qo’rqmasdan tanqid qila olgan va buning uchun panjara ortiga tushgan besh jasur va dovyurak jurnalist orasida qirg’izistonlik Azimjon Asqarov ham bor. […]
Kemerovo fojeasidan so’nggi o’ylar
Rossiyada 18-mart kuni Vladimir Putinning yangi muddatga prezident etib saylanishidan bir hafta o’tib, 25-mart kuni Sibirdagi Kemerovo shahrida katta fojea yuz berdi. “Zimnyaya vishnya” savdo markazida boshlangan yong’in oqibatida o’nlab odam nobud bo’ldi. Qurbonlarning aksariyati – yosh bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, yong’in 64 odam hayotini olib ketgan. Yana 80 ga yaqin odam jarohatlangan va kasalxonada […]
Do’ppi yoxud noto’g’ri vatanparvarlik
O’zbekistonda maktab o’quvchilari formasiga milliy ornament kiritish taklifi qatorida parlament deputatlari ishga chopon va do’ppida kelsin, degan gap aytildi. Qirg’izistonda esa deputatlar oq qalpoq kiyib yursin, degan tashabbus ilgari surildi. Bundan oldin Tojikistonda ham ayollar milliy kiyimda yursin, degan gaplar aytilgan va hatto amaliyot boshlangan edi. Turkmanistonda ayollar shundoq ham doim milliy kiyimda yuradi, mamlakat […]
2017-yilda jurnalistlarni qamashda “rekord” qo’yildi
2017-yil jurnalistlar uchun quiyin kechdi. Bu – matbuot erkinligi va jurnalistlar xavfsizligini kuzatib boradigan xalqaro tashkilotlar xulosasi. 13-dekabr kuni Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi 2017-yilda dunyo bo’ylab o’z ishini bajarayotgani uchun qamalgan jurnalistlarga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Hujjatga ko’ra, 2017-yilning 1-dekabrida dunyo bo’ylab 262 jurnalist panjara ortida bo’lgan. Bu tarixiy rekord. Yana 58 […]
2017-yilda nobud bo’lgan jurnalistlar
21-dekabr kuni Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi 2017-yilda dunyo bo’ylab o’z ishini bajarayotib halok bo’lgan jurnalistlarga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Hujjatga ko’ra, 2017-yilning 1-yanvaridan 15-dekabrigacha dunyo bo’ylab 42 jurnalist nobud bo’lgan. Yana 20 jurnalistning o’limiga aynan ularning kasbiy faoliyati sabab bo’lgan-bo’lmaganini tekshirgan tashkilot ma’lumot va dalillar taqchilligi bois uzil-kesil xulosaga kelmagan. Bu ma’noda eng […]