Ukrainada o’zbekistonlik bokschining g’alabasi tan olinmadi

Boks, xoh havaskor yoki professional yo‘nalishda bo‘lsin, O‘zbekistonni dunyoga tanitayotgan asosiy sport turiga aylandi. Rio olimpiadasidagi tarixiy g‘alabalar, Gamburgda  o‘tgan jahon chempionatida erishilgan muvaffaqiyatlar buni aniq isbotladi. Boksning haqiqatdan O‘zbekistonni munosib tamsil etuvchi sport turiga aylanib borayotganiga esa faqat yirik musobaqalarda emas, kichikroq maqomdagi uchrashuvlarda ham amin bo‘lish mumkin. O‘zbek bokschilarida, deylik, futbolchilardan farqli ravishda, mas’uliyat, so‘nggi imkoniyatgacha kurashish matonati, qolaversa, […]

Nega futbol muxlislari Tashqi ishlar vaziriga shikoyat qilmoqda? 

O`zbek futboli atrofidagi so`nggi vaziyat shu darajaga yetdiki, Babayan, Usmonov, Lobanov, Andreyev, Sergeyev kabi ismlarni o’qigan odamlarning sochi tikka bo`lyapti! O`zbekiston Futbol Federatsiyasining milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanni o`z o`rnida qoldirish haqidagi bayonoti muxlislar ustidan sovuq suv quydi. Agar O`FF bu qadam ularning hovurini bosadi deb o`ylagan bo`lsa, yanglish qaror, aksincha, u avj […]

O’zbekiston futboli: sharmandalikdan to’rt kun o`tib…

Sharmandalikdan to’rt kun o`tdi, Usmonov ham, Babayan ham jim, demak Qatar bilan kutilayotgan o`yin boykot qilinishi kerak!!! Davr sportni, xususan, futbolni millat ruhiyatining bir qismiga aylantirdi. Suriya bilan o`yin shu ruhiyatga qaqshatqich zarba berganiga ortiqcha to`xtalishning keragi yo`q. Gap mag`lubiyatda emas, agar munosib kurashda yutqazilganda buni  tushunish mumkin edi. Gap milliy termaning ruhsizligi, ishonchsizligi, o`z […]

Babayan jamoasiga Mirziyoyevning virtual qabulxonasi ham yordam bermadi

Futbol bo’yicha O`zbekiston milliy tema jamoasi jahon chempionatiga saralash musobaqasi doirasida safardagi o’yinda Janubiy Koreyaga yutqazib qo’ydi. Agar o’yinlardagi bu muvaffaqiyatsizlik shu tariqa davom etsa va jahon chempionatiga chiqish imkoniyati boy berilsa, futbol rahbariyatida o’zgarishlar bo’lishi kutilyapti. Lekin, har safargidek kech, bu o’zgarishlar foydasiz bo`ladi. Albatta, depressiyaga tushgan ishqibozlarga bosh murabbiy Samvel Babayanning iste’fosi malham bo`lishi ehtimoldan […]

Mirabror Usmonovdan iste’fo talabi yoxud O’zbekiston futbolida kutilayotgan va kutilmayotgan islohotlar haqida

Futbolchilarimizning oltinchi bor Olimpiada yo`llanmasini ko`kka sovurishgani nafaqat futbol nashrlarini, balki ijtimoiy tarmoqlarni ham larzaga keltirdi. Muxlislar junbushda, rahbariyatdan iste`folar talab qilinmoqda. Bosh murabbiy Samvel Babayandan tortib, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi (O’FF) prezidenti Mirabror Usmonovgacha. Ularning sabr kosasi to`lib bo`lgandek. Jurnalistlarning achchiq tanqidi, muxlislarning hadsiz g`azabi 20 yildan buyon Olimpiada yo`llanmasi uchun besamar kurashib kelayotgan o`zbek […]

Mukofot muborak, janob Prezident!

Ehtimol, Islom Karimovning Osiyoda va O`zbekistonda futbolni rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi tomonidan  taqdirlanishi rejada bo`lmaganda milliy terma jamoa Shimoliy Koreyada bu darajada sharmandali yutqazmagan bo’larmidi. Albatta, bu o`ta zaharxandali taxmin, “bollada ayb yo`q”, mukofotda ham,  Mirjalolda ham, Usmonovda ham, hamma ayb Pxenyandagi maydonda! Ha, aytgancha, mag`buliyatdan uch kun o`tdi, hamma sukutda […]

Oʻzbekiston pasporti sotilganmi yoki sovg’a qilinganmi?

“Uff.uz” sayti Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vasl” klubi tarkibida o’ynayotgan braziliyalik futbolchi Fabio de Limaga O’zbekiston fuqarosi pasporti berilgani haqida xabar bermoqda. Agar O’zbekistonda fuqarolikdan chiqarish va fuqarolikka qabul qilish faqat Islom Karimovning shaxsiy imzosi ostida amalga oshishini inobatga olsak,  demak, prezident bundan xabardor bo’lib chiqadi. Shunday bo’lgan taqdirda ham, pasport olish mamlakatda fuqarosizlik maqomida yashayotgan […]

Futbol: Braziliya chiptasining boy berilishida jurnalistlar aybdormi?

Xullas, bir kun avval hammani ruhlantirib turgan Braziliya umidi “Paxtakor” stadionida chilparchin bo`ldi! Kimdir bu mag`lubyatga ko`nikdi, kimdir hanuz tushkunlikda (hamon umidni yo`qotmaganlar diqqatiga  – FIFA Iordaniyani Brazilya poygasidan chetlashtirish niyatida emas, jamoa muxlislarining Ammondagi bezoriligidan qat‘i nazar). Iordaniya bilan o`yin bir narsani – milliy terma jamoaning taktika borasidagi  surunkali kasalligi yanada qo’ziganini ko‘rsatdi. Aniqrog`i, […]

Jahon chempionati bo’sag’asida yoxud futbolsevar xakerlar nima deydi?

“Oliyjanob qaroqchilar”ni yodga soluvchi “Clone Security” guruhi navbatdagi hujum nishoni sifatida O’zbekiston Futbol federatsiyasi rasmiy saytini tanlagan. Bu O’zbekiston futbol olamida so’nggi kunlarda yuz berayotgan halovatsizliklar  ortidan mutlaqo tabiiy ko’rinadi. 11-iyun kuni Janubiy Koreya va O’zbekiston o’rtasidagi uzoq kutilgan “tarixiy o’yin” Mirjalol Qosimov shogirdlarining mag’lub bo’lishi bilan tugadi. Aksariyat muxlislar dardini asosan sport saytlaridagi maqolalarga […]

“O’zbekiston – Livan” ehtiroslari: Chiptadan umid bormi?

26-mart kuni yangi qurilgan “Bunyodkor” stadionida kutilayotgan O`zbekiston – Livan futbol o`yini atrofidagi ehtiroslar milliy termaning ertaga Birlashgan Arab Amirliklarida o`tadigan uchrashuviga  nisbatan qiziqishni ham susaytirgandek. Hammasiga chipta majorasi sabab. Avvaliga yangi stadionda o`tadigan o`yinga chipta olish uchun borgan ashaddiy  ishqibozlar kaltak ostida qoldi. 18-mart kuni chiptaxona oldida 2 mingga yaqin odam to`plangan, omadi chopganlar […]