“Shahriston” tunneliga sayohat
“Shahriston” tunneli Tojikiston janubi va shimolini bir-biriga bog’laydi. Tunnel 2012-yil xitoyliklar tomonidan qurib ishga tushirilgan. Natijada qorli tog’ yo’llaridan o’tadigan bir necha soatlik xavfli safar ikki soatga qisqargan. Quyida Tojikistonning ushbu tog’li hududiga uyushtirilgan safar davomida olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Suratlar muallifi Ravshan Shams
O’zbek dorboz va polvonlari Tojikistonda
Tojikiston va O’zbekiston liderlarining o’zaro uchrashuvlari ostonasida o’zbek dorbozlarining tojik diyoriga ijodiy safarlari boshlangan edi. Hozir bu san’at ustalari Tojikiston shimoliy mintaqasida ijodiy safarini davom ettirmoqda. Farg’ona viloyatining Beshariq nohiyasidan bo’lgan o’zbek dorbozlariga asli shohimardonlik bo’lgan mashhur o’zbek polvoni Lochin polvonning shogirdi No’mon polvonning o’g’li Ravshanbek Ma’murov boshchilik qilmoqda. Ularning guruhida, shuningdek, ko’chma zoopark ham […]
Qurama tog’ etaklarida, Xo’jandda o’zbegu-tojik liderlaridan minnatdor
Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylangach, O’zbekiston-Tojikiston o’rtasidagi munosabatlar iliqlashgandan beri yaqin ikki oy orasida ikki respublika chegaralarini ikki yuz mingdan ortiq odam kesib o’tdi. Chegaraning ochilganidan minnatdor ikki xalq rahbarlar haqqiga duo qilmoqda. “Necha yillardan beri Tojikistondagi qarindoshlaimiz diydoridan benasib edim, xudoga shukr Tohskentdan Xo’jandga uch soatda kirib keldik, aytsam ishonmaysiz, jigarlarimiz yuzimiz tugul, minib kelgan […]
Qo’shtegirmon qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Tojikiston shimoli, So’g’d viloyati qadimdan tabiati go’zalligi, iqlimi turfaligi, sershashma suvga, qimmatbaho ma’danlarga boyligi bilan o’zga yurtlarni rom etib kelgan. So’g’d viloyati markazidagi qadimiy Qo’shtegirmon qishlog’i qo’shni O’zbekistonning Toshkent viloyati Bekobod shahriga tutash bo’lib, hududida Farhod GESi to’g’oni joylashgan. Strategik jihatdan nihoyatda muhim bo’lgan to’g’onga egalik bahsi hali hanuz ikki qardosh respublika o’rtasida yechilmagan bir […]
Tojikiston o’zbeklari madaniy hayotidan
Sug’dning barcha shahar va nohiyalarida o’tkaziladigan tanlovda san’atkorlar orasidan vatan madhini kuylovchi, aks ettiruvchi iqtidorli ijodkorlar tanlab olinishi rejalashtirilgan. Hozirgacha bu tanlov Xo’jand shahridagina o’tkazilgan edi. Yaqinda viloyatning asosan o’zbeklar istiqomat qiluvchi Jabbor Rasulov noyasida ana shu ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi. Unda qizaloq o’zbek raqqosa qizlaridan tortib sakson yoshgacha bo’lgan xalq artistlari ishtirok etishdi. Taniqli tojik […]
Qirg’iziston Jahon Banki ko’magida muqobil yo’l qurmoqda
O’tgan yilning yozida Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatiga qo’shni Qirg’izistonning Batkent viloyatida mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega deb ko’rilayotgan alohida Isfana-Kolso-Kayragach avtomobil yo’li qurilishi boshlangan edi. Uzunligi 36 kilometr bo’lgan yo’l qurilishi uchun mablag’ni Jahon banki ajratgan bo’lib, qirg’iz valyutasida bu mablag’ 1 milliard 200 million somni tashkil etadi. Qurilishning strategik ahamiyati shunda ko’riladiki, Batkent viloyatining […]
Tojikiston bo’ylab mustaqillik tantanalari
Tojikiston mustaqilligining 26 yilligi poytaxt Dushanbe va viloyatlarda keng nishonlanmoqda. Sug’d viloyatida bayram qadimiy Istravshan shahrida o’tkazildi. Tojikiston respublikasi hozirda sakkiz yarim milliondan ortiq aholiga ega bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida bu jihatdan uchinchi o’rinda turib, hududining 93 foizini to’glar egallagan, agrar mamlakat. Ishchi kuchining asosiy qismi mehnat muhojirligida va har yili ular orqali chet […]
Tojikistonda pishiqchilik lekin narxlar baland
Tojikiston bozorlari hozir meva-sabzavotlarga to’la. Bog’larda yetilgan sabzavot, dalalarda pishgan poliz mahsulotlari ekologik tozaligi, mazasi va chiroyi bilan kishi e’tiborini tortadi. Ayni kunlarda uy bekalari bozordan, yordamchi xo’jaliklaridan keltirgan meva-sabzavotlarda qishga “qo’r” qilishmoqda – banka berkitishmoqda. “Bu yilgi bozorimizjuda to’kin. To’g’ri, mevalar oldingi yilllardagidan qimmatroq. Shaftolini 3 somondan, bulg’or qalampini 2 somondan, pomidorni bir yarimdan, […]
Tojikiston So’g’dida Tog’li Badaxshon madaniyati haftaligi
21-27 avgust kunlari Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatida Tog’li Badaxshon muxtor viloyati madaniyat kunlari bo’lib o’tdi. Hukumat tashabbusi va moliyaviy ko’magi hamda ikki viloyat rahbariyati hamkorlikda o’tkazgan bu tadbir ko’hna Xo’jand aholisida katta taassurot qoldirdi. Tog’li Badaxshon muxtor viloyati raisi Shodixon Jamshed boshchiligida So’g’dga tashrib buyurgan sakkiz yuzdan ortiq tog’liklarni vodiylik mezbonlar izzat-hurmat bilan kutib olishdi. […]
Tojikiston bozori: narxlar va USAID ko’magi
Tojikiston bozorlarida eng asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko’tarilib borayotgani oddiy xalq ro’zg’origa ta’sir etib, kunlik turmush shart-sharoitlari va aholi salomatligiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Mahalliy terapevt shifokorning aytishicha, Tojikistonda bir oila hozir o’rtacha 4-5 jon boshiga to’g’ri keladi, uning iste’mol savatida esa, mahalliy me’yorlarga ko’ra, haftasiga kamida 3 kilo go’sht, 10 donacha tuxum, 3 kilo guruch, […]