Dubayda nimaga fohisha ko’paydi?
Toshkent o’zbek ayollarining fohishalik ko’lami davlatlararo munosabatlarga soya tashlayotganidan xavotirda. Dubayda fohishalik qilayotgan o’zbekistonlik ayollarning 90 foizdan oshig’i bunga rozi bo’lib kelmoqda, deyiladi O’zbekistonning BAAdagi elchixonasi tomonidan matbuotga taqdim etilgan ma’lumotda. Agar Toshkent-Dubay yo’nalishi bo’yicha haftasiga besh marta, Samarqand- Dubay yo’nalishi bo’yicha haftasiga ikki marta aviaqatnov mavjudligi inobatga olinsa, elchixona vakili ta’kidlayotganidek, o’zbek ayollarining […]
Ukrainadagi o’zbek jurnalistlari nega vatanga qayta olmayapti?
Quyidagi videoda ukrain tilida she’r o’qiyotgan bu qizcha quvg’inlikda yashayotgan o’zbek jurnalistlari Shamsiya va Narzulla Oxunjonovlarning 6 yoshli farzandi Shukrona. Jurnalistlarning Shukronadan tashqari yana to’rt nafar farzandi bor, ular ham bugun Ukrainada maktabga qatnashyapti, ikki yil avval Turkiyada o’qishayotgan edi. Ammo quvg’inlikdagi jurnalist Narzulla Oxunjonov uchun Turkiyada qolish xavfsiz emas edi, shu sabab u oilasi […]
Kishanlangan erk timsoli
(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]
Karimovning muhojirlarga “salomi” nimadan dalolat?
Islom Karimov Jizzax viloyatiga tashrifi davomida xorijda ishlayotgan o’zbekistonliklarni “dangasa” deb atadi. Uning bu gaplari prezidentlik saylovlaridan uncha uzoq bo’lmagan bir paytda yangrashi odamni mulohaza qilishga undaydi. Chunki, bu bayonotdan haqorat tuygan mehnat muhojirlari ortida „farroshlik“ evaziga orttirilgan puldan tirikchilik qilayotgan millionlab o’zbekistonliklar borligi ayon. Ehtimol, buni Jirinovskiyga o’xshash biror populist siyosatchi aytganda e’tiborsiz qoldirish […]
Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…
So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]
Muhammad Solih: O`zbekiston Xalq Harakatida kuchlanish jarayoni boshlanmoqda
“O`zbekiston Xalq Harakati”ning Germaniyada o`tgan yili birinchi qurultoyini kuzatgan faollarga ko`ra navbatdagi Praga qurultoyi nisbatan sust bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuv bahs-munozaralar bir qadar bosilgan, silliqroq o`tgandek taassurot uyg`otadi. Ehtimol, bu bir yil davomida harakat doirasidagi o`zgarishlar, xususan “Andijon – adolat va tiklanish” va boshqa bir nechta faollarning O’XH safini tark etishi bilan bog`liqdir. Ikkinchi qurultoygacha yetib […]
Qirg’indan keyin…
Keng ko’lamli fojealar millatni tushkunlikka yetaklaydi, shuningdek, birdamlikka. Ammo qirg’in, qotilliklar va vahshiylik jamiyatda tarqoqlikni kuchaytiradi. Ojizlik… Odatda, bu ojizlik qo’rquvga emas shafqatga tayanadi. Shavqat unutilganda esa bu ojizlik ulkan qasosga aylanishi mumkin. Qasosni alangalatuvchi ibtidoiy vahshiylik bugungi jamiyatga yotdek, ammo bu bizning asrda, ikki yil muqaddam O’shda sodir etildi. Qirg’in bir narsaga, o’zbeklarni millat […]
Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…
O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]
Hukumat xohlagan emas, xohlamagan so’zni yozgani uchun qamoqqa tashlangan jurnalistlar
Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti O’zbekistonda qamoqda o’tirgan barcha jurnalistlar ozod etilishini so’ramoqda. Tashkilot Yevropa davlatlari Islom Karimovni qabul qilishga rozilik berishdan avval bu talab inobatga olinadi degan umidda. Albatta bunday shart birinchi navbatda o’zbek jamoatchiligi va ayniqsa jurnalistlari tomonidan ko’tarilishi kerak edi. Biroq vaziyat hammamizga ayon – mamlakatda hech kim hukumatga bunday talab […]
Navro’z muborak, yurtdoshlar!
Dunyoga bahor ifori to’ldi. Sovuq kunlar ortda qolib, bahor tengkunligi – Navro’z keldi. U nafaqat ko’chalarga, balki qalblarga ham iliqlik kirdi. Navro’z – yangi kun, yangilanish davri. Ushbu yangi kunda siz azizlarni, barcha yurtdoshlarimizni yangi minbardan turib Navro’z bayrami bilan qutlashga jazm etdik. Vatan manzaralari – “Amerika Ovozi” axborot xizmatining yangi blogi. Bu yerda siz vatanga, […]