Nima uchun oq tanli erkaklar asosiy ovoz beruvchi qatlam sifatida ko’riladi?
AQShda saylovlar haqida gap ketganda, odatda eng katta ovoz beruvchi guruh sifatida oq tanli erkaklar ko’riladi. Aslida ham shundaymi? AQShda saylovlarda ovoz berishda eng ko’p ishtirok etuvchi qatlam bu ayollardir. 1960-yildan beri shunday. 2020-yilda ovoz berishga layoqatli ayollarning 68 foizi saylovlarda ishtirok etgan bo’lsa, erkaklar o’rtasida bu raqam 65 foizni ko’rsatgan. 2016-yildagi saylovlarda esa 63 […]
Nyu-Yorkda o’zbek rassomi ko’rgazmasi va ijodiy uchrashuv
Shu kunlarda Bruklinda mashhur o’zbek rassomi Xurshid Nazirovning ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. 12-may kuni soat 14:00 da Kings Bay kutubxonasi binosida rassom bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi. Kutubxonada rassomning asarlari bilan tanishish va o’zi bilan suhbatlashish mumkin. Tadbirni Jahudiylar san’at va hunar gildiyasi tashkil etgan. Xurshid Nazirov ushbu gildiyaning birinchi va hozircha yagona o’zbek a’zosi. Biz bu […]
AQSh Alisher Usmonovni “qora ro’yxat”ga kiritmoqchi
29-yanvar kuni AQSh hukumati sanksiyalariga uchragan shaxslarning yangilangan ro’yxatini e’lon qilishi kutilmoqda. Vashingtonda ko’plab siyosatchilar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin rasmiylar hamda shaxslarni ushbu ro’yxatga qo’shishni talab qilib chiqdi. Putinga yaqin deyilgan bunday shaxslar orasida kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bor. AQSh matbuotining yozishicha, Rossiyaga nisbatan keskin siyosat tarafdori bo’lmish qator senatorlar, shu […]
Matbuotni eng ko’p ezayotgan davlat rahbarlari kim?
Tanqidiy savollarni beradigan jurnalistlarni nishonga olishga odatlangan AQSh Prezidenti Donald Tramp o’tgan hafta o’zining matbuotga oid ilk “mukofoti”ni berajagini ma’lum qildi va buning sanasini ham belgiladi: 8-yanvar, Vashington vaqti bilan soat 17:00. Mukofotni “Eng nohaq va korrupsiyalashgan media” deb atagan Tramp uydirma xabarlarni (fake news) tarqatgan ommaviy axborot vositalariga beriladi, dedi. Buni Tramp, odatdagidek, […]
Nyu-Yorkdagi xurujdan keyin o’zbek jamoasi faollashdi
O’tgan juma kuni Bruklinda Nyu-York meri hamda Bruklin prezidenti idoralaridan vakillar o’zbek jamoasi faollari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan xurujdan keyin hokimiyat hamda o’zbek jamoasi o’rtasida yo’lga qo’yilayotgan hamkorlikdagi yana bir qadam bo’ldi. 31-oktabr kuni Manxettenning janubiy qismida asli o’zbekistonlik Sayfullo Soipov yuk tashuvchi mashinani piyoda ketayotgan odamlarga, so’ngra maktab avtobusiga […]
Amerikaliklar bolajon xalqmi?
AQShda yetimxonalar, ya’ni mehribonlik uylari yo’q. Yetim qolgan, ota-onasi olamdan o’tgan yok ota-onalik huquqidan mahrum etilgan holda bolalar boqib olinadi. Aslida o’gay bolani boqib olishni istagan odamlar shu qadar ko’pki, amerikaliklar xorijdan, kambag’alroq mamlakatlardan ham bola boqib oladi. Men AQShda Rossiya, Qirg’iziston va O’zbekistondan millati rus bo’lgan bolalarni boqib olgan amerikaliklarni ko’p uchratganman. Ayrim bolalar […]
Nyu-York xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat qanday?
31-oktabr kuni Nyu-Yorkda o’zbekistonlik Sayfullo Soipov amalga oshirgan terror xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat yomonlashmoqda, deya yozadi o’zbek muhojirlari ijtimoiy tarmoqlarda. Bruklinda bir erkak o’zi yashaydigan bino devorida “Ozbeklar, uyingga yo’qol” (Go home, Uzbeks) degan yozuv qoldirgan. Bundan keyin politsiya binoga kelib, kameralardagi videoni tekshirib chiqqan va bu yozuvni yozgan odamning asli ukrainalik Dmitriy Gekman ekanini […]
Demokratiyaning kichik bir misoli
10-sentabr kuni men AQSh senatori bilan uchrashuvga bordim. Kirsten Jillibrand – Nyu-York shtatidan senator, demokrat. Tarafdorlari ko’p. Kelajakda uning AQSh prezidenti bo’lishiga ishonadiganlar ham kam emas. Uchrashuv bo’lib o’tadigan joyga yetib kelib, hayratga tushdim. Odam liq-liq. Hamma binoga kirish uchun navbatda turibdi. Bu qadar qiziqish bo’lishini kutmagandim, axir uchrashuv yakshanba kuni bo’lib o’tyapti. Men bilan […]
Prezidentlar va ijtimoiy tarmoqlar
“Twitter ustasi” 20-yanvar kuni AQSh prezidenti sifatida qasamyod keltirishi kutilayotgan Donald Trampning boshqa prezidentlardan farqi – ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi. Bu uning yagona farqi emas, albatta, biroq bugungi mavzuni aynan shunga bag’ishlamoqchiman. Twitter tarmog’ida Tramp o’z firklarini keskin tarzda bildirishi va ba’zida erta tongda, soat uchda ham imlo xatolarga to’la tvitlar yozishi bilan tanilgan. @realDonaldTrump nomidagi […]
AQSh-Rossiya diplomatik o’yinida kim g’olib?
Tugayotgan yilning so’nggi kunlarida ikki davlat o’rtasidagi sovuq urush yana avj oldi. Payshanba kuni Vashington Rossiyaning 35 diplomatini “persona non grata” deb e’lon qildi va AQShni tark etishi uchun 72 soat muxlat berdi. Shuningdek, Obama ma’muriyati qaroriga ko’ra, AQSh hududidagi Rossiyaga qarashli ikki dam olish maskani yopildi. (Bu haqda batafsil ma’lumot mana bu yerda). Bu […]