O’zbek oilalarida bola tarbiyasida xalq qo’shiqlarining o’rni qanday?
Bola tarbiyasida xalq og’zaki ijodining roli juda katta. O’zbek oilalarida bolalar turli jahon va o’zbek ertaklari bilan ulg’ayadi. O’zbek folklor bisotida bolalar uchun ertaklar bisyor. Bu yaxshi, albatta. Sababi hikoyalar bola tarbiyasida didaktik ahamiyatga ega bo’lib, tasavvurini kengaytirishda, ezgu fazilatlar shakllantirishda roli katta. Lekin jahon tajribasi bilan solishtirilsa, o’zbek oilalarda bola ta’lim-tarbiyasida xalq og’zaki ijodining yana […]
Nyu-Yorkda o’zbek rassomi ko’rgazmasi va ijodiy uchrashuv
Shu kunlarda Bruklinda mashhur o’zbek rassomi Xurshid Nazirovning ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. 12-may kuni soat 14:00 da Kings Bay kutubxonasi binosida rassom bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi. Kutubxonada rassomning asarlari bilan tanishish va o’zi bilan suhbatlashish mumkin. Tadbirni Jahudiylar san’at va hunar gildiyasi tashkil etgan. Xurshid Nazirov ushbu gildiyaning birinchi va hozircha yagona o’zbek a’zosi. Biz bu […]
O’zbekistonda Georgiy lentasi va Kreml targ’iboti
Bir necha yildan buyon 9-may arafasida va undan keyin O’zbekistondagi Rossiya elchixonasi o’zbekistonliklar orasida Georgiy lentasini tarqatadi. Ko’plar uni ko’ksida taqib yuradi, ayrimlar avtomobili antennasiga bog’lab qo’yadi. Qora va olov rangdagi bu lenta Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan g’alaba ramzi sifatida targ’ib etilmoqda. Ammo, afsuski, lentaning asl tarixi, ahamiyati va Rossiyaning targ’iboti ortidagi haqiqiy sabablarini […]
Urush davrida yahudiylarga quchoq ochgan O’zbekiston haqida film
Nyu-Yorkda yangi film taqdimoti O’zbekistonning Ulug’ vatan urushidagi (Ikkinchi jahon urushi) g’alabaga qo’shgan hissasi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Sovet Ittifoqining boshqa qismlaridan evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalar hamda minglab odamlarni o’zbeklar quchoq ochib kutib olgan. Ayni vaqtda minglab o’zbek yigitlar frontga ketgan, ayrimlari ko’ksi medallarga to’lib qaytgan bo’lsa, boshqalari jang maydonlarida halok bo’lgan yoki […]
Amerikaliklar bolajon xalqmi?
AQShda yetimxonalar, ya’ni mehribonlik uylari yo’q. Yetim qolgan, ota-onasi olamdan o’tgan yok ota-onalik huquqidan mahrum etilgan holda bolalar boqib olinadi. Aslida o’gay bolani boqib olishni istagan odamlar shu qadar ko’pki, amerikaliklar xorijdan, kambag’alroq mamlakatlardan ham bola boqib oladi. Men AQShda Rossiya, Qirg’iziston va O’zbekistondan millati rus bo’lgan bolalarni boqib olgan amerikaliklarni ko’p uchratganman. Ayrim bolalar […]
Inqilobdan 100 yil o’tib yoxud arosatda qolgan jamiyat
Shu hafta 7-noyabr kuni Oktabr inqilobi – yoki ayrim manbalarda qurolli to’ntaruv deb atalayotgan voqea – yuz berganiga 100 yil to’ldi. 20-asr tarixida keskin burilish yasagan va shu bois ulkan ahamiyatga ega bu voqeaga o’zbekistonliklar bugunda turli munosabat bildiradi. Mendan so’rasangiz, fikrimcha, Oktabr inqilobi va uning natijasida hokimiyatga bolsheviklarning kelishi ham Rossiya, ham Turkiston – […]
Avtoritar tuzum haqida shunchaki mulohaza
Sovet Ittifoqida fikrlari va dunyoqarashi hukumatnikiga to’g’ri kelmagan odamlar, ya’ni dissidentlarning ko’pginasi mamlakatni tark etib, Nyu-Yorkda qo’nim topgan. Shundaylardan biri Sergey Dovlatov edi. Yozuvchi, journalist, millati yahudiy. SSSRda kitoblarini chop etolmagan. Chunki ularda bildirilgan fikrlar, aytganimdek, kommunistlar partiyasi mafkurasiga mos kelmagan. Nyu-Yorkga kelganidan keyin u rus va rusiyzabon yahudiy muhojirlar asos solgan gazetada ishlagan, “Svoboda” […]
Jasurbek ishi – O’zbekiston huquq-tartibot organlari uchun sinov
Shu kunlarda O’zbekistonda 17 yashar Jasurbek Ibrohimovning o’limi qizg’in muhokama qilinmoqda. Jasurbek – Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejining 1-kursida tahsil olgan talaba. 3-may kuni u kursdoshlari tomonidan kaltaklangan va og’ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan. U kasalxonadan bu kasalxonaga olib borilib, sarson bo’lgan yigit jami to’rtta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgach, beshinchisi bo’layotgan paytda, 1-iyun kuni olamdan o’tgan. […]
Rossiya parlamenti oila a’zolarni do’pposlashni qonunlashtirdi
2013-yilda Rossiyada 9000 dan ko’proq ayol jinoiy tajovuz oqibatida halok bo’lgan, 11 mingdan ziyodi jiddiy tan jarohatlari olgan. 2014-yilda barcha qotilliklarning 25 foizidan ko’prog’i aynan oilalarda sodir etilgan. 2015-yilda jiddiy jinoyatlarning 40 foizi oilalarda yuz bergan. AQShda yiliga qariyb 1000 ayol oilada turmush o’rtog’i tomonidan o’ldiriladi. Demak, aholisi Rossiyanikidan ikki baravar ko’proq AQShdagi to’qqiz yillik […]
O’zbeklar va tarixiy xotira
Bundan qariyb 10 yil avval Germaniyada Boymirza Hayit vafot etgan. Turkiston va Markaziy Osiyo bo’yicha mutaxassis, tarixchi, qator kitob va maqolalar muallifi Ikkinchi Jahon urushi paytida Turkiston legionida xizmat qilgan. Urush tugagach, u Germaniyada qolib, yangi hayot boshlagan, oila qurgan, ilmiy faoliyatini davom ettirgan. Men u kishini hech qachon uchratmaganman, lekin 2004- yoki 2005-yilda uning […]