Energetika tizimidagi inqiroz: prezidentning tanqidi vaziyatni o‘zgartirdimi?
Poytaxtda bayram munosabati bilan prezident Mirziyoyev ishtirokida tantanali tadbirlar davom etar ekan, Surxondaryoda, Farg’onada aholi poytaxtga eltuvchi yo’llarni to’sib, gaz va elektr-energiya talabi bilan norozilikka chiqqan. O’zbekistonda markaziy yo’llarni to’sish norozilik bildirishning asosiy vositasiga aylanmoqda, hozirgacha gaz va elektr-energiya yetishmovchiligiga qarshi noroziliklarning aksariyati aynan shu tartibda o’tgani kuzatildi. Kuni kecha Surxondaryoda elektr va gaz […]
Issiqko’l – Markaziy Osiyo durdonasi
Qirg’izistonning Issiqko’li bejizga Markaziy Osiyo durdonasi, marvaridi, deb aytilmaydi. Shimoliy Tiyonshon tog’ tizmalari orasida joylashgan suv havzasi kurramizning 25 yirik ko’llari sarasiga kiradi. Chuqurligi bo’yicha oltinchi o’rinda turadi. Suvi tozaligi, juda tiniqligi bilan esa tengi yo’q – yaqin atrofda kattaroq sanoat korxonalari, tevarak-muhitni bulg’ovchi inshootlar yo’q. Issiqko’lni o’rab turgan tog’ tizmalari yam-yashil ulug’vor o’rmonlar bilan […]
Tojikiston bo’ylab mustaqillik tantanalari
Tojikiston mustaqilligining 26 yilligi poytaxt Dushanbe va viloyatlarda keng nishonlanmoqda. Sug’d viloyatida bayram qadimiy Istravshan shahrida o’tkazildi. Tojikiston respublikasi hozirda sakkiz yarim milliondan ortiq aholiga ega bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida bu jihatdan uchinchi o’rinda turib, hududining 93 foizini to’glar egallagan, agrar mamlakat. Ishchi kuchining asosiy qismi mehnat muhojirligida va har yili ular orqali chet […]
Tojikiston o’zbeklari shoir va jurnalist Alijon Yo’ldoshevni xotirlamoqda
Tojikiston o’zbeklari keyingi yillarda o’z milliy qadriyatlari ma’naviyat va ma’rifatini yuksak ko’tarish harakatidalar. Baland tog’lar bilan janub va shimolga bo’lingan respublikada ikki milliondan ortiq o’zbeklar istiqomat qilishadi. Geografik bo’linish tabiiyki, mamlakat iktisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda, jumladan o’zbeklar hayotida ham. Mustaqillik yillarida janub va shimolni boglovchi doimiy yo’l ochilgan bo’lsada, iqtisodiy etishmovchilk […]
Varsiq – qadimiy Istravshanning o’zbeklar qishlog’i
Qadimiy manbalarda hozirgi Tojikistonning Istravshan mavzesi haqida ko’plab ma’lumotlarni uchratish mumkin. Istravshandagi O’ratepa shahri tarixi meloddan oldingi ming yilliklarga borib taqaladi, shahar Xitoy yilmomalarida ham tilga olingan. Tojikiston hukumati Istravshanning 2500 yilligi tarixini rasman taqsdiqlagan, bu qadimiy mavze YUNESKO hujjatlarida ham qayd etilib, insoniyat tamaddunining asraluvchi meroslari ro’yxatiga kiritilgan. Xitoy va sharqiy Turkistonni Xorazm va […]
Qo’rg’oncha – Tojikistonning Qirg’iziston chegarasidagi tinch va osoyishta qishlog’i
Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi hozirgi dunyo globallashuv jarayoni jadal ketayotgan zamonda aktual masala bo’lib qolmoqda. Tojikistondagi So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, dotsent Ilhom Yusupovning fikricha, Markaziy Osiyo respublikalarining birlashuvi mintaqada yirik va kuchli tashkilot tuzilishga asos bo’lishi mumkin. “Lekin, – deydi u, – Qozog’istonning Rossiya yetakchiligidagi ittifoqqa qo’shilishi, O’zbekistonning chekkada qolayotgani-yu, Tojikiston […]
Isfara – Tojikistonning oftobro’y mintaqasi, istiqboli porloq joy
Markaziy Osiyoning eng qashshoq davlati sifatida ko’riladigan Tojikiston respublikasi hukumati keyingi yillarda mamlakat sanoatini rivojlantirishga intilayotgan bo’lsa-da, ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i qishloq xo’jaligi bo’lib qolmoqda. Poliz va sabzavot ekinlari g’arq pishgan yoz oylari Tojikistonda mavsumiy ish qaynaydi, qayta ishlashga ixtisoslashgan turli-tuman kichik va qo’shma korxonalarda ishsiz xotin-qizlarga pul topish imkoniyati paydo bo’ladi. Resbublika hukumati iyul […]
Karimov imkoniyatni yoshlarga topshirmoqchimi?
2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” shiori ostida o’tadi. Prezident Islom Karimov bu haqda Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan nutqida e’lon qildi. Bizda, shukrki, keksalarga nisbatan izzat shiorlarga qarab qolmagan. Yoshlik shijoatini jamiyatga, oilaga sarflagan aksariyat nuroniylar shundoq ham oilalar to’rida; imkoniyatni yoshlarga topshirib, xonodonlarga fayz berib yashashadi. Afsus, shior tiqishtirilgan joydan qadriyat qochishi ko’p kuzatilgan. Bu […]
Til – savod belgisi… Vodiydan maktub
Tilni asrash va rivojlantirish uchun odamlar ongi, ma’naviy dunyoqarashida ham islohot bo‘lishi zarur. Bir qarashda ma’naviyatning chegarasi yo‘qdek, ilg‘ab bo‘lmasdek tuyuladi. Lekin ana shu ma’naviy muhit ihota qilinmasa, ma’naviyatga aloqasi yo‘q bitiklardan himoyalanmasa, beta’sir nag‘malar ko‘payib ketishini, muqaddas ma’naviyatimiz oyoqosti bo‘lishini vaqt yaqqol ko‘rsatdi. Keyingi paytlarda ba’zan davlatning milliy ramzi sifatida e’tirof etilayotgan ona tilimizga […]
Тил- савод белгиси… Водийдан мактуб
Тилни асраш ва ривожлантириш учун одамлар онги, маънавий дунёқарашида ҳам ислоҳот бўлиши зарур. Бир қарашда маънавиятнинг чегараси йўқдек, илғаб бўлмасдек туюлади. Лекин ана шу маънавий муҳит иҳота қилинмаса, маънавиятга алоқаси йўқ битиклардан ҳимояланмаса, бетаъсир нағмалар кўпайиб кетишини, муқаддас маънавиятимиз оёқости бўлишини вақт яққол кўрсатди. Кейинги пайтларда баъзан давлатнинг миллий рамзи сифатида эътироф этилаётган она тилимизга […]