IIB xodimining mashinasi bilan to’qnashgan yigit bedarak ketdi

“Abdulloh qayerda?” O’zbekistonda bu savol ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusiga aylangan. Ikki haftadirki qayerdaligi noma’lum qolayotgan (Davlat xavfsizlik xizmatida ushlab turilgani taxmin qilinayotgan) 20 yoshli Abdulloh Tohirov taqdiriga Ichki ishlar vazirligi, uning advokati va o’zbek matbuoti aniqlik kiritishga muvaffaq bo’lmagan. Bu ishga bosh qo’shgan “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tarqatgan xabarda aytilishicha, Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi […]

Zoir Mirzayevning hokimlikka qaytishi nimani anglatadi?

Qo’l ostidagi xodimlarini ariqqa tushirib tahqirlashi bilan tanilgan amaldorning viloyat hokimi lavozimiga tayinlanishi jamoatchilikda qator javobsiz savollar uyg’otgan. Hukumat bu borada sukutda qolar ekan, ayrim sharhlovchilar Zoir Mirzayevning qaytishi ortida boshqaruvdagi inqiroz alomatlarini ham ko‘rishmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimligiga nega o’z tahqirlari bilan nom qozongan Zoir Mirzaev nomzodi tanlangani yuzasidan jamoatchilikka biror izoh berilmagan, kadrlar sohasidagi […]

Kuzatuvchilar: Oʻzbekistondagi tuzum eski uslubdagi pozitsiyasidan chekingani yoʻq

Kimga qanaqa bilmadimu, ammo bugun ommaviy axborot vositalari faoliyati va xususan jurnalistika atrofidagi vaziyat, yumshoqroq qilib aytganda, oyoq kiyimingiz poshnasiga yopishib qolgan axlatni asfalt chetiga surtib olib tashlashga urinishni eslatyapti. Qizigʻi, bu kabi munosabat borgan sari qoʻpollashib boryapti. Hukumatlar OAV va jurnalistikaga oid munosabatlarini aynan ana shu usulda izhor etishni eng toʻgʻri yoʻl bilyapti. Aynan […]

O’zbekistonda yoshlarning necha foizi talabalikka muyassar bo’ladi?

O’zbekiston savodxonlik darajasiga ko’ra dunyoda eng yuqori o’rinlarda turadi. UNESKO tashkilotining hisobotida yozilishicha, O’zbekistonda 15 yoshdan katta bo’lgan aholining 99 foizi savodlidir. 2016-yilda 15 yoshdan katta bo’lgan aholi o’rtasida faqat 3056 tagina savodsiz kishi aniqlangan. Bu esa dunyodagi ba’zi davlatlarga nisbatan ancha yaxshi ko’rsatkich. Masalan, Afg’onistonda 15 yoshdan yuqori bo’lgan aholining savodxonlik darajasi 28,1 foizni tashkil etsa, […]

Shavkat Mirziyoyev islohotlari va Islom Karimov xotirasi

Tabiiyki, o’zaro zid tushunchalar. Ammo bu biz kuzatayotgan bugungi haqiqat. Har qanday insonning xotirasi kim uchundir ehtiromga loyiq, faqat bu xotira butun bir xalq, mamlakat uchun milliy xaloskor, asoschi, qahramon maqomida taqdim etilar ekan, o’tganlar andishasini qo’yib, haqiqatga qarash lozim bo’ladi. Karimov xotirasiga ta’zim qiluvchilar ko’p, prezident Mirziyoyev ham shu jumladan, bunday ehtiromlar shaxsiy doirada […]

Prezidentga ziyolilarning samimiy madadi zarur yohud rahbariyat “qaror”larini mutlaqo olqishlash xiyonatdir

Prezident nomi bilan yoki hukumat tomonidan e`lon qilinayotgan har bir qaror – ko’rsatmalar va fikrlarni mutlaq olqishlab, boshqaruv tarafida ekanliklariga ishora berishga intilayotgan faol ziyolilarimiz, “huquqbon”larimiz va jurnalistlarimiz harakatlari, mening nazarimda, samimiy emas. Ular, bu urinishlari bilan, prezidentga va xalqimizga xiyonat qilayotganlarini tushunishlari lozim. Keskinroq tuyilishi mumkin bo’lgan bu tezisni quyida, boshqa tahlillarda uchramagan, ikki […]

“Toshbaqani uchirish”ga va’da bergan “Uztelekom” keskin tanqid ostida

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko’rsatmasi ortidan 1-dekabrdan internet tezligini 10 barobarga oshirishga va’da bergan “Uztelekom” ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid ostida qoldi. 1-dekabrdan to’rt kun o’tib ham O’zbekistonda internet bilan bog’liq vaziyat o’zgarishsiz qolayotgani aytiladi. Tarmoq faollari “Uztelekom”ni “toshbaqani uchirishga va’da bergan” yolg’onchiga qiyoslashmoqda. Prezident Mirziyoyev yil davomida axborot texnologiyalari, kommunikatsiya, internet orqali xizmat ko‘rsatish sohasini bir necha […]

“Birdamlik” harakati Qozog’istonda qurultoy o’tkazishiga ruxsat berilmadi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham siyosiy muxolafatga imkoniyat bermoqchi emas, nazarimda. O’zbekistonda hokimiyat almashishi ortidan muxolif guruhlardan biri tomonidan chaqirilgan dastlabki qurultoy ta’qibga uchragan.  AQSh fuqaroligini olgan Bahodir Xon Turkiston (Bahodir Choriyev) yetakchiligidagi “Birdamlik” harakatining Chimkentdagi qurultoyini qoldirish uchun Qozog’iston maxsus xizmatlari ishga solingani xabar qilinmoqda. O’zbekistondan qurultoyga otlangan delegatlar chegarada to’xtatib qolingan. Harakat yetakchisining […]

Kutilgan bosqich yoxud O’zbekistonda turg’unlik davri boshlanyaptimi?

So’nggi hodisalar yangi hokimiyat iqtidorga kelishi ortidan o’zbek jamoatchiligida boshlangan umidlar to’lqinini bir qadar sergaklantirdi, bu turg’unlikdan uyg’onayotgan jamiyat uchun kutilgan bosqich edi, deyish mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan ishlar hozirgacha jamoatchilik tomonidan asosan olqishlar bilan kutib olinayotgan edi, endi bu boradagi vizayt bir qadar o’zgardi, o’zgarishlar ilinjidagi jamiyat ham, hokimiyat ham hushyor tortdi. Bloggerlarning […]