Amerikada ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishda davom etsak. Bugungi maqolada o’zbekistonlik o’qituvchilar uchun mo’ljallangan ikki ta’lim granti haqida yozmoqchimiz.
1. Yosh O‘qituvchilarni Rivojlantirish Dasturi (Junior Faculty Development Program (JFDP)
Yosh O‘qituvchilarni Rivojlantirish Dasturini Davlat departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi ta’sis etgan.
Uning yordamida O’zbekistonda oliy o’quv yurtlarida ishlovchi o‘qituvchilar bir semestr davomida AQSh universitetlarida o’qib, o’qituvchi-professorlar bilan ishlaydi, bilim va malakasini oshiradi.
Dasturda gumanitar va ijtimoiy soha o’qituvchilari qatnashishi mumkin.
Yana bor maqsad – Amerika va O’zbekiston universitetlari o’rtasida aloqani yo’lga qo’yish va mustahkamlash.
Dastur qatnashchilari zamonaviy o‘quv materiallari va resurslar to‘plab, o‘z yurtidagi hayot tarzi va ta’lim tizimi bilan. o’rtoqlashadi.
Ishtirokchiga ilmiy daraja berilmaydi. Ular dastur tugashi bilan vatanga qaytishi lozim.
Talablar nima ekan?
- oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- hozirgi paytda O’zbekiston oliy o‘quv yurtida domlalik qilayotgan bo‘lish;
- oliy o‘quv yurtida kamida ikki yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega bo‘lish;
- ingliz tilini mukammal bilish.
Sohalar:
American Studies
Architecture/Urban Planning
Fine Arts/Arts Management
Business Administration
Cultural Anthropology
Economics
Education Administration
Environmental Studies
History
International Affairs
Journalism
Law
Library Science
Linguistics (Applied & Theoretical)
Literature
Peace/Conflict Studies
Philosophy
Political Science
Psychology
Public Administration
Public Health
Public Policy
Religious Studies
Social Work
Sociology
O’qish muddati besh oy (yanvardan maygacha). Qatnashchilar safar xarajatlari (mahalliy va xalqaro safarlar), tibbiy sug‘urta, stipendiya va professional trening – barcha sarfiyatlar qoplanadi.
Diqqat: 2012-o’quv yili uchun hujjatlarni 2011-yil 20-iyun kech soat 17:00 gacha topshirib ulgurish kerak.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yozisng.
Maktub mavzusini “JFDP” deb yozishni unutmang.
Topshirish lozim bo’lgan hujjat va ma’lumotni quyidagi ilovadan ham topsa bo’ladi:
Recommendation Form (PDF – 58 KB)
Eligible Social Sciences and Humanities Fields (PDF – 86 KB)
Template: Curriculum Vitae (PDF – 10 KB)
Fact Sheet and Applicant Frequently Asked Questions (PDF – 62 KB)
2. Fulbrayt Chet Tili Domlasi Assistenti dasturi (Fulbright Foreign Language Teaching Assistant (FLTA) program)
Fulbrayt Chet Tili Domlasi Assistenti dasturi ilmiy daraja berilmaydigan grant bo‘lib, unda ingliz tili o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Dasturdan asosiy maqsad O’zbekistonda chet tilidan dars berishni yaxshilab, muallimlar mahoratini oshirish, AQSh jamiyati va madaniyati to‘g‘risida hamyurtlarni ogoh qilishdan iborat. Qatnashchilar Amerika ahli bilan suhbatlar, o‘quv dasturidan tashqari tadbirlarda va jamoa bilan bog‘liq ijtimoiy loyihalarda bo’ladilar.
Ishtirokchilar ikki xorijiy til bo‘yicha kurslarda ta’lim berishi yoki bunda yordam berishi mumkin. Ular bir semestr davomida kamida ikki kurs o‘qishlari kerak; biri amerikashunoslik fani bo‘lishi lozim.
Tanlov Talablari:
- ingliz tilidan dars berish yoki bunga o‘qiyotgan bo’lish;
- ingliz tilini mukammal o‘zlashtirib, TOEFL imtihonida kamida 550 bal (qog‘oz asosidagi TOEFL uchun);
- 213 bal (kompyuter asosidagi TOEFL – CBT);
- 79-80 bal (internet asosidagi TOEFL – IBT) yoki
- IELTS imtihonidan 6.0 bal olgan bo’lish;
- tanlov paytida O’zbekistonda yashayotgan bo’lish;
- yetuklik, mustaqillik, to‘g‘ri so‘zlik va professionalizm kabi oliy xislatlarga ega bo’lish kerak.
Ishtirokchilar to‘qqiz oylik dastur tugashi bilan o‘z mamlakatlariga qaytishi shart. Muddatni cho‘zish bo‘yicha so‘rovlar qondirilmaydi.
Ishtirokchilar oila a’zolari dasturda hamrohlik qila olmaydi.
Moddiy mablag’:
Barcha ishtirokchilar stipendiya, kasallik va baxtsiz hodisalar ehtimoliga qarshi sug‘urta to‘lovlari, safar uchun kerakli mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Diqqat: 2012-o’quv yili uchun hujjat 2011-yil 11-iyul kech soat 18:00 gacha topshirilishi lozim.
Hujjatlar internet orqali “onlayn” qabul qilinadi. Buning uchun yuqorida ko’rsatilgan muddatgacha hujjatlaringizni https://apply.embark.com/student/fulbright/flta manzili orqali topshirishingiz lozim.
Hujjatlarni “onlayn” taqdim etishdan tashqari, quyidagi hujjatlar alohida konvertga solinib Toshkentdagi AQSh elchixonasiga topshirilishi kerak:
- “Onlayn” topshirilgan anketaning chop etilgan nusxasi (Stepler bilan sahifalarni birlashtirmang);
- Uch dona tavsiyanoma (Tavsiyanoma shakli “onlayn” anketa so’ngidagi ilovada berilgan)
- Oliy o’quv yurtidan olingan baholar varaqalarining ingliz tiliga rasmiy tarjima qilingan nusxalari;
- Oliy o’quv yurti diplomlarining ingliz tiliga rasmiy tarjima qilingan nusxalari (Agar hujjatlarni topshirish paytigacha diplomingiz qo’lingizga berilmagan bo’lsa, fakultet dekanidan buning sababini izohlovhchi rasmiy xat olib kelishingiz kerak.);
- TOEFL yoki IELTS imtihon natijalari haqidagi rasmiy javob nusxasi (Agar bu imtihonlarni hali topshirmagan bo’lsangiz, dasturning yarim-final bosqichiga yetganingizda, ushbu imtihonlarni topshirishingiz so’raladi);
- Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi anketa (Bu formani “onlayn” anketa so’ngida ilovadan topishingiz mumkin)
- Pasport nusxasi.
Tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilarga 2012-yilning aprel oyida tanlov yakunlari haqida xabar beriladi. Iltimos, anketani “onlayn” to’ldirishdan oldin ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qing.
“Onlayn” anketaga ilova tarzida tayyorlash so’ralgan yuqoridagi hujjatlarni Toshkentdagi AQSh elchixonasiga topshirishingiz lozim.
Manzil:
2012 FLTA Program
Public Affairs Section
Embassy of the United States of America
3 Moyqorghon Street, 5th Block Yunusobod District
Tashkent, 100093 Uzbekistan
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yo’llashingiz mumkin. Maktub sarlavhasiga “FLTA” yozuvini qo’yishni unutmang.