Showing Archived Posts

“Muskie” uchun qabul boshlandi: AQShda magistratura o’qish uchun to’liq grant

Posted October 9th, 2011 at 4:18 pm (UTC-5)
2 comments

“Edmund Muskie” nomidagi magistratura darajasi uchun ajratiladigan stipendiyalar Dasturi 2012-o’quv yili uchun o’zbekistonliklardan hujjat qabul qilishni boshladi, deya xabar beradi AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi veb-sahifasi. Bu dastur AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, Yevroosiyo mamlakatlari fuqarolariga AQShda magistratura yoki bir yillik professional ta’lim kursi uchun o’qish imkoniyatini beradi. Dasturda […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

Stiv Jobs: “Men har kuni o’limni eslayman”

Posted October 8th, 2011 at 7:28 am (UTC-5)
4 comments

“Apple” korporatsiyasi asoschisi va sobiq rahbari, Obama ta’biri bilan aytganda, bugungi kunning eng katta kashfiyotchilaridan biri Stiv Jobs shu hafta olamdan o’tdi. Bu xabar hanuz ommaviy axborot vositalarining og’zidan tushmay kelyapti. “Apple” rasmiy sayti bosh sahifasi Stiv Jobs xotirasi uchun o’zgartirilib, uning rasmi va u haqdagi qisqacha ma’lumot bilan to’ldirilgan. Mutaxassislar Jobsning o’limi “Apple”ning kelajagiga […]

Tags: , , Posted in Karyera

O’zbek olimlari uchun “Fulbright” dasturi tanlovni boshladi

Posted October 5th, 2011 at 11:35 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSHning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2012-2013-o’quv yili uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega professionallar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi: Huquq; Ta’lim; Kutubxonachilik; Jurnalistika; Siyosatshunoslik; Biznes; Moliya; Jamiyatshunoslik; […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.