Showing Archived Posts

AQShda o’qishning o’ziga xos jihatlari

Posted November 3rd, 2013 at 12:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

Amerika universitet ta’lim sifati yuqoriligi bilan dunyoda peshqadam davlatlardan biri hisoblanadi. Bu nimaning hisobiga? Bu yurtdagi oliy ta’lim tizimidagi o’ziga xos jihatlar nimalardan iborat? Bu xos xususiyatlarning bevosita talabaga bog’liq bir nechtasi haqida quyida qisqacha ma’lumot bermoqchimiz. 1. Butun semestr davomida yozma ishlar, topshiriqlar bo’ladi Biror fandan qanday baho olishingiz semestr oxirida bo’ladigan yakuniy imtihongagina […]

Abiturientlar diqqatiga: 16-avgustda test natijalari chiqadi

Posted August 15th, 2012 at 3:13 pm (UTC-5)
1 comment

Yoxud sobiq abiturientning o’tmishga sayohati Gazeta.uz saytining Davlat Test Markazi ma’lumotiga tayanib yozishicha, 16-avgust kuni O’zbekiston oliy o’quv yurtlariga kirish uchun o’tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilinadi. Xabaringiz bor, har yili 1-avgust kuni O’zbekistonda oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari bo’lib o’tadi. Shu kuni butun mamlakat bo’ylab yuz minglab abiturientlar davlat testlarini topshirsa, ularning yaqinlari va ota-onalari […]

Tags: , , Posted in Ta'lim

AQShda ta’lim: Hujjatlarni topshirish jarayoni (To’rtinchi maqola)

Posted August 3rd, 2012 at 3:12 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda magistratura o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishga bag’ishlangan seriyali maqolalarimizni davom ettiramiz. Bu safar universitetlarga hujjat tayyorlash va qabul jarayonidan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida hikoya qilamiz. Qayerda o’qimoqchi ekaningizni bilasiz. Kamida uch-to’rtta universitetlarni ko’z oldingizga olib qo’ygansiz. Demak, endigi vazifa ushbu o’quv yurtlariga belgilangan muddat ichida kerakli hujjatlarni topshirish. Avvalgi maqolada aytganimizdek, imkon qadar ko’proq universitetga […]

Diqqat: AQShda o’qishni istovchilar uchun yordam beramiz! (1-maqola)

Posted June 17th, 2012 at 11:56 pm (UTC-5)
81 comments

AQSh ta’lim sohasi, asosan, magistratura va undan yuqori bo’lgan darajadagi o’quv dasturlari bilan mashhur. Dunyoning eng kuchli universitetlari ro’yxatida peshqadamlikni boy bermay kelayotgan AQSh oliy o’quv yurtlari bu mavqega to’rt yillik kollej dasturlari bilan emas, balki, asosan, magistratura yoki aspirantura kabi tadqiqotga asoslangan o’quv dasturlari bilan erishgan. Kirish so’zini ko’p cho’zmasdan maqsadga o’tadigan bo’lsam, mana […]

AQSHda diplomni pulga sotib olish mumkinmi?

Posted February 13th, 2012 at 7:09 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSH korrupsiya va poraxo’rlik darajasi juda past bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida yetakchilik qiladi. Mamlakat ta’lim tizimi bu illatlardan xoli bo’lgani bois dunyoning eng kuchli universitetlari shu yerda joylashgan. AQSHda ehtimol diplomni pulga sotib olish yoki imtihonlardan pora orqali o’tish holatlari biror universitetda hali uchramagandir. Ammo bakalavrlik kabi universitet darajasini barcha talab qilingan kurslarni bitirmasdan yoki ingliz […]

Daqiqaning qadri

Posted March 16th, 2011 at 6:10 am (UTC-5)
Leave a comment

Izoh: Talabaning hayotida vaqt juda g’animat. Buni, ayniqsa, imtihon arafasida juda yaxshi tushunasiz. Vaqtingizdan unumli foydalanyapsizmi, Vatandosh? Hatto bir daqiqaning, payti kelsa, qadri bo’lishini bilasizmi? Shu haqdagi mulohazalarimni kundaligimga qachonlardir yozib qo’ygan ekanman. Vaqtini behuda sarflayotganlar uchun zora bir eslatma bo’lsa, deb quyida shuni keltirishga qaror qildim. Yoshligimizda maktabda tutgan daftarlarimizning muqovasida G’afur G’ulomning surati […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.