Showing Archived Posts

AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi

Posted March 17th, 2015 at 6:39 am (UTC-5)
1 comment

Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda  ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi: Biznes boshqaruvi; Iqtisodiyot; Ta’lim (Maorif); Atrof-muhitni asrashni boshqarish; Xalqaro munosabatlar; Jurnalistika va Kommunikatsiya; Huquqshunoslik; Kutubxonachilik va Axborot fanlari; Davlat boshqaruvi; Ommaviy sog’liqni saqlash; Davlat siyosati.

Tadqiqotchilar uchun “Fulbrayt” ta’lim dasturiga qabul boshlandi

Posted June 18th, 2014 at 12:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2015-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi: Adliya; Ta’lim; Kutubxonachilik; Jurnalistika; Siyosatshunoslik; Biznes; Moliya; Jamiyatshunoslik; Atrof-muhitni […]

“Fulbright” granti magistratura uchun arizalarni qabul qilmoqda

Posted May 19th, 2014 at 12:40 am (UTC-5)
Leave a comment

Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2015-2016-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSh universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQShda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSh hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari  byurosi tomonidan ta’minlanadi. […]

“Fulbrayt” olimlar va tajribali mutaxassislarni AQShda tadqiqot o’tkazishga taklif etadi

Posted August 21st, 2013 at 2:54 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2014-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi: Huquq; Ta’lim; Kutubxonachilik; Jurnalistika; Siyosatshunoslik; Biznes; Moliya; Jamiyatshunoslik; Atrof-muhitni […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.