Showing Archived Posts

AQShga talaba bo’lib kelish qiyinlashdimi?

Posted May 6th, 2013 at 2:17 pm (UTC-5)
Leave a comment

Bostondagi portlashlarga aloqadorlikda ikki qozog’istonlik talaba qo’lga olingach, Ichki xavfsizlik bo’yicha vazirlik AQShga talaba vizasi bilan kirib kelayotgan xorijliklarni jiddiy tekshirish bo’yicha yangi buyruq chiqardi.  Unga ko’ra, talaba vizasiga ega har bir xorijlik, AQShda o’qish huquqiga egaligi aeroportda obdon tekshirilgandan so’nggina, mamlakatga kirishiga ruxsat beriladi. Ma’lum bo’lishicha, Boston portlashlariga aloqador ashyoviy dalillarni yo’qotishda ayblanayotgan qozog’istonlik […]

AQSh elchixonasi xodimi: “Viza uchun bo’ladigan suhbatdan biz nima kutamiz?”

Posted May 7th, 2012 at 12:17 am (UTC-5)
3 comments

Yaqinda tanishlarimdan biri talaba vizasi uchun AQSh elchixonasida bo’ladigan suhbat haqida maslahat so’rab qoldi. Hujjatlari joyida bo’lsa, AQShda o’qish va yashash uchun lozim bo’lgan mablag’ni ko’rsata olsa, vizani muammosiz oladi, deb umumiy javob berdim. Bu narsani deyarli hamma yaxshi biladi. Ammo shunday holatlar ham bo’ladiki, ba’zilar, hatto hujjatlari joyida bo’lishiga va o’qish uchun yetarli mablag’i […]

AQSHda diplomni pulga sotib olish mumkinmi?

Posted February 13th, 2012 at 7:09 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSH korrupsiya va poraxo’rlik darajasi juda past bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida yetakchilik qiladi. Mamlakat ta’lim tizimi bu illatlardan xoli bo’lgani bois dunyoning eng kuchli universitetlari shu yerda joylashgan. AQSHda ehtimol diplomni pulga sotib olish yoki imtihonlardan pora orqali o’tish holatlari biror universitetda hali uchramagandir. Ammo bakalavrlik kabi universitet darajasini barcha talab qilingan kurslarni bitirmasdan yoki ingliz […]

Xalqaro talabalar uchun yangi imkoniyat

Posted May 30th, 2011 at 12:45 pm (UTC-5)
Leave a comment

Davlat departamenti xalqaro talaba, tadqiqotchi va mutaxassislar uchun jamiki ta’lim grantlari va dasturlarini bir joyga yig’ib, yangi vebsayt ochdi. J-1 vizasini oluvchi xorij fuqarolariga doir ma’lumot http://j1visa.state.gov vebsaytiga joylandi. Sayt 1-iyundan to’liq ishga tushgan. Amerikada o’qish imkoniyati, ta’lim dasturlari, grantlar va hujjat topshirish yo’l-yo’riqlari hamda J-1 vizasini olish tartibi haqida sayt batafsil ma’lumot beradi. Har […]

O’zbekistonlik talabalar diqqatiga: AQShda ishlashni xohlaysizmi?

Posted May 9th, 2011 at 12:07 pm (UTC-5)
1 comment

Xabaringiz bo’lsa, AQSh elchixonasi O’zbekistonda o’quvchi talabalar uchun yoz davomida Amerikada ishlash dasturini tashkil etgan. Bugungi maqolamizda shu dastur va unda ishtirok etish talablari haqida ma’lumot bermoqchimiz. Yozgi ish va sayohat dasturi (Summer Work and Travel – SWT) sizga yozgi ta’til davomida AQShda ishlab pul topish imkonini beradi. Unda ishtirok etish uchun O’zbekistondagi oliy o’quv […]

“Grin Karta” o’ynaganmisiz?

Posted March 20th, 2011 at 1:41 am (UTC-5)
5 comments

AQShga doimiy yashash uchun kelishning eng oson imkoniyati bu “Grin Karta” nomi bilan mashhur DV (Diversity Visa) lotereyasida ishtirok etish bo’lsa kerak. AQSh hukumati tomonidan tashkil etiladigan ushbu dastur doirasida har yili minglab vatandoshlarimiz AQShga doimiy yashash uchun kelishadi. Masalan, 2011-yil uchun o’ynalgan DV lotereyasida 5091 vatandoshimiz ana shunday huquqni qo’lga kiritdi. Ajoyib tomoni, ushbu […]

Tags: , Posted in Vizalar haqida

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.