Showing Archived Posts

O’zbekistonlik talabalar diqqatiga: AQShda ishlashni xohlaysizmi?

Posted May 9th, 2011 at 12:07 pm (UTC-5)
1 comment

Xabaringiz bo’lsa, AQSh elchixonasi O’zbekistonda o’quvchi talabalar uchun yoz davomida Amerikada ishlash dasturini tashkil etgan. Bugungi maqolamizda shu dastur va unda ishtirok etish talablari haqida ma’lumot bermoqchimiz. Yozgi ish va sayohat dasturi (Summer Work and Travel – SWT) sizga yozgi ta’til davomida AQShda ishlab pul topish imkonini beradi. Unda ishtirok etish uchun O’zbekistondagi oliy o’quv […]

O’quv yili tugamoqda: Ish topdingizmi?

Posted May 2nd, 2011 at 1:44 pm (UTC-5)
Leave a comment

Dunyoning ko’plab o’lkalarida navbatdagi o’quv yili o’z poyoniga yetmoqda. Jumladan, AQShda ham. Universitetni bitirayotgan aksariyat yoshlar oldida kelajak mavhum. Chunki hozir mamlakatda ish topish har qachongidan ham qiyin. Iqtisod jiddiy tanazzulga yuz tutgan 2008-yildan beri ishsizlik darajasi 9 foizdan pastga tushmayapti. Bu 1980-yillar boshidagi rekord darajaga yaqin. “Amerika Ovozi” o’zbek xizmati bugun shu muammoni ko’tarib […]

Amerikacha ismingiz bormi?

Posted March 23rd, 2011 at 3:54 pm (UTC-5)
4 comments

  Tanishlaringizdan kimdir ismingizni eslay olmasa yoki uni noto’g’ri talaffuz qilsa, jahlingiz chiqadimi? Bu holat ayniqsa xorijda ko’p takrorlanishi mumkin. Chunki dunyo xalqlarida ismlar rang-barang va ko’plab ismlar sizga qiyin va hatto g’alari tuyulishi tabiiy. Bu Amerikada xorijlik talabalar ko’p duch keladigan muammolardan biri. Ba’zan yangi tanishgan do’stingizga ismingizni bot-bot takrorlashingiz kerak, ba’zida esa qog’ozga […]

Yaponiya haqqiga duo qiling: U yerda vatandoshlarimiz ham bor

Posted March 18th, 2011 at 4:49 pm (UTC-5)
2 comments

Yaponiya haqqiga duo qil! – “Yaponiyadagi o’zbeklar” Facebook guruhi surati Yaponiyada yuz bergan zilzila va uning ortidan kelgan sunami butun dunyoni larzaga soldi. Turli darajadagi zilzilalar ko’p ro’y beradigan Yaponiyada bunisi hammasidan oshib tushdi. Asosiy ofatni zilzila ortidagi sunami olib keldi: qirg’oqbo’yidagi katta-katta shaharlar vayron bo’lib, minglab odamlarning yostig’i quridi. Eng dahshatlisi, sunami atom energiyasi […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.