Showing Archived Posts

Abiturientlar diqqatiga: 16-avgustda test natijalari chiqadi

Posted August 15th, 2012 at 3:13 pm (UTC-5)
1 comment

Yoxud sobiq abiturientning o’tmishga sayohati Gazeta.uz saytining Davlat Test Markazi ma’lumotiga tayanib yozishicha, 16-avgust kuni O’zbekiston oliy o’quv yurtlariga kirish uchun o’tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilinadi. Xabaringiz bor, har yili 1-avgust kuni O’zbekistonda oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari bo’lib o’tadi. Shu kuni butun mamlakat bo’ylab yuz minglab abiturientlar davlat testlarini topshirsa, ularning yaqinlari va ota-onalari […]

Tags: , , Posted in Ta'lim

AQShda ta’lim: Hujjatlarni topshirish jarayoni (To’rtinchi maqola)

Posted August 3rd, 2012 at 3:12 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda magistratura o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishga bag’ishlangan seriyali maqolalarimizni davom ettiramiz. Bu safar universitetlarga hujjat tayyorlash va qabul jarayonidan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida hikoya qilamiz. Qayerda o’qimoqchi ekaningizni bilasiz. Kamida uch-to’rtta universitetlarni ko’z oldingizga olib qo’ygansiz. Demak, endigi vazifa ushbu o’quv yurtlariga belgilangan muddat ichida kerakli hujjatlarni topshirish. Avvalgi maqolada aytganimizdek, imkon qadar ko’proq universitetga […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.