Showing Archived Posts

O’qish bepul bo’lgan kollejlar

Posted September 26th, 2013 at 8:34 pm (UTC-5)
Leave a comment

Oliy ta’lim olish juda qimmat bo’lgan AQShdek davlatda ham hanuz o’qish bepul bo’lgan kollejlar bor ekan. Ularning aksariyati kichik ta’lim muassasalari bo’lib, bepul ta’lim evaziga talabalardan haftasiga bir necha soat ishlab berishni talab etadi. Ayni paytda yotoq va yashash xarajatlarini talabalarning o’zlari ko’tarishi kerak. Lekin ayrimlarida yashash xarajatlari ham o’qish tomonidan qoplanadi. Navbatdagi maqolamizda ana […]

Suriyalik talabalar uchun maxsus grant tashkil etildi

Posted September 19th, 2013 at 8:29 pm (UTC-5)
Leave a comment

  Suriyada fuqarolar urushi davom etayotganiga qaramay, yoshlar orasida chet elga chiqish uchun urinayotganlar soni ko’p. Ayni shu maqsadda urushdan aziyat chekayotgan bu yoshlarga yordam berish uchun maxsus grant dasturi tashkil etildi. Xorijdagi suriyaliklarning “Jusur” nomli tashkioti tomonidan yo’lga qo’yilgan bu dasturga minglab suriyaliklar hujjat topshirgan. “Bular katta tashvishni boshidan kechirayotgan talabalar, – deydi tashkilot […]

Talabalar uchun foydali manbalar

Posted September 12th, 2013 at 8:28 pm (UTC-5)
1 comment

Bugun biz AQShda o’qish niyatida bo’lgan talabalar yoki bo’lajak talabalar uchun bir necha qiziqarli maqolalar ro’yxatini taqdim etmoqchimiz. Bu nafaqat AQShda endi o’qimoqchi bo’lgan xorijliklar, balki allaqachon bu yerda tahsil olayotganlar uchun ham foydalidir. AQShning bir qator nufuzli axborot nashrlarida chop etilgan maqolalardan jamlangan ushbu ro’yxatda siz o’qishga kirish uchun insho yozish, professorlar bilan aloqa […]

Tags: , , , Posted in Ta'lim

AQShning eng arzon va eng qimmat kollejlari

Posted September 5th, 2013 at 9:02 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh Ta’lim departamenti yaqinda yana bir ajoyib saytni ishga tushirdi: College Affordability and Transparency Center. Bu sayt orqali siz AQShda bakalavr darajasi bo’yicha oliy o’quv yurtlarida o’qishning bir yilda bir talaba uchun qanchaga tushishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Saytdan foydalanish juda oson. Bosh sahifaning o’zidan turib, siz eng arzon yoki eng qimmat kollejlar ro’yxatini ko’rishingiz […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.