Showing Archived Posts

Shoshiling: “UGRAD” uchun ariza topshirish muddati tugashiga oz qoldi!

Posted December 30th, 2012 at 2:02 pm (UTC-5)
1 comment

Hozir O’zbekistonda bakalavrlik darajasi beradigan universitet yoki institutda 1,2,3 yoki 4-kursda o’qiyotgan talabalar diqqatiga! AQShda o’qish uchun yana bir imkoniyat: AQSh elchixonasi “Global Bakalavr Almashinuv Dasturi (Global UGRAD)” uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda. Hujjatlarni topshirishning oxirgi kuni – 14-yanvar, 2013-yil. “UGRAD” haqida ma’lumot Evroosiyo va O‘rta Osiyodagi Global Bakalavr Almashinuv Dasturi (sobiq Evroosiyo Bakalavr […]

Garvardda bepul o’qishni istaysizmi?

Posted December 17th, 2012 at 4:30 pm (UTC-5)
3 comments

Garvard universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Berklidagi Kaliforniya universiteti – bular nafaqat AQShning, balki butun dunyoning eng zo’r universitetlari hisoblanadi. Bu yerda o’qish ko’pchilik uchun ushalmas orzu. Ayni paytda, o’qish sarf-xarajatlarini hammaning ham cho’ntagi ko’taravermaydi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu oliygohlar bugun butun dunyodagi talabalar uchun bepul kurslar taqdim etmoqda. Qanday qilib deysizmi? Unda, davomini o’qing. […]

10 ming dollarga bakalavr diplomi

Posted December 4th, 2012 at 2:42 pm (UTC-5)
3 comments

O’zbekistonda bakalavr diplomini qo’lga kiritish necha pul turadi? Savolni noto’g’ri tushunmang. Bu yerda men diplom sotib olish haqida emas, balki bakalavrlik darajasini olish uchun kerak bo’ladigan to’rt yillik o’qish xarajatlari haqida so’rayapman. Taxmin qilamiz. Yillik kontrakt to’lovi o’rtacha $1800. Kitob-qalam va boshqa o’qishga tegishli xarajatlar (O’zbekistonda talabalarning kitob sotib olishi kamyob hodisa bo’lsa ham) uchun […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.