Showing Archived Posts

Diqqat: 2014-yil uchun Grin karta lotereyasi boshlanmoqda

Posted September 25th, 2012 at 9:11 am (UTC-5)
7 comments

O’zbekistonda “Grin karta” yutib Amerikaga ko’chib kelishni orzu qiluvchilar ko’p. Kimlar uchundir o’tgan yillarda bu orzu ro’yobga chiqqan bo’lsa, ayrimlar uchun “Grin karta” hanuz ushalmas armonligicha qolmoqda. Agar siz ham “Grin karta” borasida omadi chopmayotganlar qatorida bo’lsangiz, orzuim armonga aylandi, deya afsus chekishga shoshilmang. Chunki o’tgan yili yutmagan bo’lsangiz, bu safar omadingiz kulib boqsa, ajab […]

Tags: Posted in Vizalar haqida

Dunyoning eng kuchli universitetlari ro’yxati e’lon qilindi

Posted September 12th, 2012 at 8:48 am (UTC-5)
Leave a comment

AQShdagi Massachusets Texnologiya instituti (MIT) “QS World University Rankings” tomonidan e’lon qilingan eng zo’r universitetlar ro’yxatida birinchi bor eng yuqori o’rindan joy oldi. MIT 2007-yilgi ro’yxatda 10-o’rinni egallagan edi. So’nggi ikki yilda birinchilikni egallab kelgan Angliyaning Kembrij universitetiga (University of Cambridge) bu yil ikkinchi, AQShning Garvard universitetiga (Harvard University) esa uchinchi o’rin berilgan. 2010-yilgacha ketma-ket […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.