Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2015-2016-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSh universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQShda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSh hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari byurosi tomonidan ta’minlanadi. […]