Showing Archived Posts

AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi

Posted March 17th, 2015 at 6:39 am (UTC-5)
1 comment

Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda  ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi: Biznes boshqaruvi; Iqtisodiyot; Ta’lim (Maorif); Atrof-muhitni asrashni boshqarish; Xalqaro munosabatlar; Jurnalistika va Kommunikatsiya; Huquqshunoslik; Kutubxonachilik va Axborot fanlari; Davlat boshqaruvi; Ommaviy sog’liqni saqlash; Davlat siyosati.

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.