AQShning taniqli jurnali Amerikadagi universitetlarning yangi reytingini e’lon qildi.
“U.S. News & World” nashri har yili 1800 kollej va universitetlarni o’zaro qiyoslab, ularga baho berib chiqadi.
Bu yilgi ro’yxatda birinchi o’rinni Prinston universiteti egallagan. Undan keyingi o’rinda Garvard universiteti. 3-o’rinni Chikago va Yel universitetlari bo’lishib olgan.
Bulardan tashqari ijtimoiy fanlar bo’yicha eng zo’r kollejlar, regionlar bo’ycha hamda qora tanlilar ko’p o’qiydigan kollej-universitetlar reytingi ham e’lon qilingan.
Bu yilgi va avvalgi reytinglar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, 2016-yil o’quv yurtlarini baholashda darslardagi o’quvchilar soni ham hisobga olingan.
“Tadqiqotlar kichikroq sinflar samaraliroq va ijobiy natija berishini ko’rsatgan. Bu yangi baholash mezoni bilan o’quv yurtlari bizga beradigan ma’lumotlarni yanada yaxshiroq ko’rib chiqamiz”, – deydi nashrning ma’lumotlar bo’yicha bosh strategi Robert Mors.
Eng kuchli universitetlar o’ntaligidan, shuningdek, Kolumbiya, Stenford, Dyuk, Pensilvaniya va Jons Xopkins universitetlari hamda Massachusets Texnologiya instituti o’rin olgan.
Universitetlarning to’liq ro’yxati bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin:
One response to “Prinston AQShning eng yaxshi universiteti deb topildi”
I’m going to learn an English language