Showing Archived Posts

Xorijliklar AQSh hukumatidan grant yoki imtiyozli kredit olishi mumkinmi?

Posted February 25th, 2021 at 2:07 pm (UTC-5)
Leave a comment

Amerikada talabalar uchun hukumat tomonidan beriladigan bir qator grant va kredit dasturlari mavjud. Ular, odatda, faqat AQSh fuqarolari yoki rezidentlariga beriladi. Xalqaro talabalar esa o’qish uchun o’z hisobidan to’lashi yoki qimmat narxlarda qarz olishi kerak bo’ladi. O’qish narxining mahalliy talabalarga qaraganda xorijliklar uchun ancha yuqori ekani yana bir qo’shimcha muammo. Ammo istisno holatlar ham bor. […]

Posted in Ta'lim grantlari

Bakalavr talabalari uchun “UGRAD” dasturiga qabul boshlandi

Posted February 2nd, 2021 at 2:41 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Talabalar almashish bo‘yicha global dasturiga (Global UGRAD) qabul davom etmoqda. Unda 1, 2, 3 va 4-kursda o‘qiyotgan o’zbekistonlik talabalar qatnashishi mumkin. Dasturga qabul qilinganlar Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir semestr (yarim yil) to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan kursda o‘qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Barch ta’lim yo’nalishlari bo’yicha hujjat topshirish mumkin. Qatnashish shartlari […]

Posted in Ta'lim grantlari

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.