AQSHning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2012-2013-o’quv yili uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.
Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega professionallar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi:
- Huquq;
- Ta’lim;
- Kutubxonachilik;
- Jurnalistika;
- Siyosatshunoslik;
- Biznes;
- Moliya;
- Jamiyatshunoslik;
- Atrof-muhitni o‘rganish;
- Madaniyat va san’at.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi saytida yozilishicha, ushbu dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi va boshqa xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilikni kuchaytirish, shu tariqa Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona, samimiy va tinch munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
Fulbrayt stipendiyasini qo’lga kiritgan olim va professionallar AQShda to‘rt oydan 10 oygacha bo‘lgan muddatda tadqiqot olib borish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.
Ushbu dasturga ariza topshiruvchi kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, ingliz tilini mukammal bilishi, fan nomzodi yoki doktorlik darajasiga yoxud o‘z sohasida kamida 15 yillik tajribaga ega professional xodim bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, barcha nomzodlarning sog‘ligi yaxshi holatda bo‘lishi talab qilinadi.
Hujjatlar 2011-yilning 1-noyabrigacha qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi manzil orqali ro’yxatdan o’tib, kerakli hujjatlarni topshirish lozim:
https://apply.embark.com/student/fulbright/scholars/30/
Dastur haqida batafsil ma’lumotni “Fulbrayt”ning rasmiy saytidan olish mumkin:
http://www.cies.org/vs_scholars/vs_awards/
Dastur haqida tug’ilgan savollarni Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yo’llashingiz mumkin. Shuingdek, mavzu bo’yicha so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lib turish uchun elchixonaning “Facebook”dagi sahifasini kuzatib borishingizni tavsiya etamiz.