AQShdagi Massachusets Texnologiya instituti (MIT) “QS World University Rankings” tomonidan e’lon qilingan eng zo’r universitetlar ro’yxatida birinchi bor eng yuqori o’rindan joy oldi. MIT 2007-yilgi ro’yxatda 10-o’rinni egallagan edi. So’nggi ikki yilda birinchilikni egallab kelgan Angliyaning Kembrij universitetiga (University of Cambridge) bu yil ikkinchi, AQShning Garvard universitetiga (Harvard University) esa uchinchi o’rin berilgan. 2010-yilgacha ketma-ket olti yil ro’yxatda Garvard universiteti peshqadamlik qilgan.

Dunyo bo’ylab eng kuchli universitetlar reytingini aniqlab beruvchi “QS World University Rankings” ro’yxati ta’limga ixtisoslashgan Quacquarelli Symonds kompaniyasi tomonidan 2005-yildan beri har yili e’lon qilinadi. Uni AQShdagi “U.S. News and World Report” nashri chiqaradigan universitetlar reytingining Angliyadagi nusxasi deyish mumkin.

Kuchli o’nlikdan, shuningdek, London Universitet kolleji (University College London), Oksford Universiteti (Oxford University), London Imperial kolleji (Imperial College), Yel Universiteti (Yale University), Chikago Universiteti (University of Chicago), Prinston Universiteti (Princeton University) hamda Kaliforniya Texnologiya Instituti (California Institute of Technology) o’rin olgan.

Eng kuchli 20 universitet qatoriga bu yil birinchi bor Kanadaning Toronto universiteti (University of Toronto) ham qo’shilgan. Shimoliy Amerika va Yevropadan tashqarida joylashgan oliy o’quv dargohlari orasida eng kuchli universitet maqomi 23-o’rinda Gonkong universitetiga (University of Hong-Kong) berilgan.

Bu ro’yxatdagi kuchli o’nlikdan quyidagi universitetlar o’rin olgan:

1. Massachusetts Institute of Technology (MIT) United State

2. University of Cambridge United Kingdom

3. Harvard University United States

4. UCL (University College London) United Kingdom

5. University of Oxford United Kingdom

6. Imperial College London United Kingdom

7. Yale University United States

8. University of Chicago United States

9. Princeton University United States

10. California Institute of Technology (Caltech) United States

“QS World University Rankings” tomonidan chiqarilgan dunyo universitetlarining to’liq ro’yxati: QS World University Rankings

Shuningdek, bugun “U.S. News and World Report” nashri ham AQSh universitetlari reytingini e’lon qildi. Unda dastlabki uch o’rinni, navbat bilan, Garvard, Prinston va Yel universitetlari egallagan. Ro’yxatda Massachusets Texnologiya instituti 6-o’rinni band etgan.

AQSh ro’yxatida kuchli o’nlikdan quyidagi universitetlar o’rin olgan:

“U.S. News and World Report” tomonidan chiqarilgan AQSh universitetlari reytingining to’liq ro’yxati: National University Rankings