AQShning eng sevimli universitetlari

Posted January 8th, 2013 at 3:34 pm (UTC-5)
Leave a comment

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti ramziy belgisi

AQShda eng ko’p abiturientni o’ziga jalb qiladigan universitetlarni, shartli ravishda, sevimli universitetlar deb atadik. Chunki odam faqat o’zi yoqtirgan joyda o’qishni istaydi. Shunday ekan, eng ko’p hujjat topshirilayotgan universitetni eng ko’p sevilgan oliy o’quv yurti deb atash mumkin.

Bu universitetlarning nega buncha kop’ odamni o’ziga jalb qilishining sabablari turlicha. Lekin eng muhimi, albatta, o’qish sifati chakki emas. Amerikaliklar o’qish tanlashda, birinchi navbatda, universitetning sifat darajasiga qaraydi. Keling, endi raqamlarga nazar tashlaylik.

2011-yilda AQShda jami 8,2 million abiturient o’qish uchun ariza topshirgan. Qizig’i, eng ko’p abiturient jalb etgan 10 ta universitetning yettitasi Kaliforniya shtatida joylashgan.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetiga (University of California in Los Angeles) bakalavrlik darajasi uchun o’qishga jami 61,564 ta ariza kelib tushgan. Bu AQShdagi 1333 oliy o’quv yurti orasidagi eng katta ko’rsatkich.

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti (University of California in San Diego) va Berklidagi Kaliforniya universitetining (University of California in Berkley) har biri 50 mingdan ortiq ariza qabul qilgan. Long Bichdagi Kaliforniya davlat universitetiga (California State University in Long Beach) topshirilgan hujjatlar soni ham deyarli shunga yaqin – 49,767 ta.

Eng ko’p abiturient hujjat topshirgan kuchli o’nlikka kirgan, lekin Kaliforniyadan tashqarida joylashgan ikkita universitet Pensilvaniya shtatidan. Filadelfiyadagi Dreksel universitetida (Drexel University) o’qish istagida bo’lganlar 48,450 tani tashkil etgan bo’lsa, Pensilvaniya Davlat universitetida (Pennsylvania State University–University Park) talabalikka talabgorlar soni 45,502 taga yetgan.
Eng kop’ hujjat qabul qilish bu universitetlar eng zo’ri degani emas, albatta. O’qishga hujjat topshirishda abiturientlar ko’p jihatlarni hisobga olishadi. Iqtisodiy sharoit qiyin bo’lgan hozirgi paytda o’qish narxining arzonligi yoki moliyaviy yordam olish imkoniyatining yaxshiligi ham talabalarni qaysi universitetni tanlash qarorida muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun eng ko’p hujjat qabul qilgan universitetlarni eng yaxshi universitetlar deb tushunish to’g’ri emas.

 

2011-yilda o’ziga eng ko’p abiturient jalb etgan AQShning o’nta universiteti:

 

Universitet nomi va shtat Qabul qilingan arizalar soni Universitetlar reytingidagi o’rni
University of California–Los Angeles 61,564 24, National Universities
University of California–San Diego 53,448 38, National Universities
St. John’s University (NY) 52,972 147, National Universities
University of California–Berkeley 52,966 21, National Universities
California State University–Long Beach 49,767 28, Regional Universities (West)
University of California–Irvine 49,287 44, National Universities
University of California–Santa Barbara 49,008 41, National Universities
Drexel University (PA) 48,450 83, National Universities
University of California–Davis 45,806 38, National Universities
Pennsylvania State University–University Park 45,502 46, National Universities

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.