O’zbekistonda o’qituvchimisiz? Ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta’lim, fuqarolik huquqi, tarix yoki geografiya) yoki matematika va tabiiy fanlardan birini o’qitasizmi? Unda siz ikki oy muddatga AQShga kelib o’qib ketish imkoniyatiga egasiz. Shoshiling, bir oy vaqtingiz qoldi.
Hujjatlarni topshirish muddati 18-mart, 2013-yil, 18:00.
Muallimlik fazilatlari va yutuqlari dasturi (The Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program) AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi dasturi bo’lib, Yevropa va Yevroosiyo, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani, Yaqin Sharq, Janubiy va O‘rta Osiyo, Sahro Afrikasi va G‘arbiy yarim shar mintaqalaridan 156 nafar o‘rta maktab o‘qituvchilarini har yili o‘z sohalarida tajribalarini kengaytirish, dars berish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda AQSh to‘g‘risidagi bilimlarini yanada oshirish uchun AQShga olib keladi.
Xalqaro qatnashchilar 75-78 nafar o‘qituvchilardan iborat ikki guruh bo‘lib, yiliga ikki marta AQShga tashrif buyuradilar. Ularning dasturlari o‘quv metodologiyasi, darslarni rejalashtirish va ishtirokchilar vatanlaridagi sharoitda o‘qitish metodologiyasi strategiyalarini ishlab chiqish, internetda izlanishlar va yozuv-chizuv ishlari uchun hamda o‘quv qo‘llanmasi sifatida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha kurs ishlari va jadal treninglardan iborat. Shu bilan birga, olti haftalik dastur qatnashchilarni AQSh ta’lim tizimi bilan bevosita tanishtirish va tajribalar almashish maqsadida ikki haftadan iborat o‘rta maktabda dars berish amaliyotini ham o‘z ichiga oladi. Dastur davomida qatnashchilar uchun AQSh madaniy yodgorliklariga tashriflar uyushtiriladi hamda ularga akademik ko‘mak ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, dastur xalqaro o‘qituvchilarga maktablari uchun kerakli materiallarni sotib olishlari, boshqa o‘qituvchilar uchun treninglar o‘tkazish hamda ularning almashinuv tajribasiga yordam beruvchi boshqa tadbirlarni tashkil etish maqsadlari uchun qo‘shimcha grantlarni taqdim etadi.
Dastur doirsida quyidagi xarajatlar qoplanadi:
J-1 vizasini olishda yordam berish;
Toshkentda safaroldi tayyorgarligini o’tkazish;
Borib-kelish va AQShichidagi safar uchun samolyot chiptasi;
Poytaxt Vashingtonda o‘tkaziladigan kutib olish marosimi;
Akademik o‘quv pullari;
Baxtsiz hodisa va sog’liq sug’urtasi;
Uy-joy ijarasi (aksariyat hollarda boshqa dastur ishtirokchilari bilan taqsimlanadi) va oziq-ovqat;
Amaliyot maktabiga qatnash transport xarajatlari (agar lozim bo‘lsa);
Kitoblar/professional rivojlanish uchun mablag‘lar;
AQShning qabul qiluvchi universiteti tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy anjuman;
AQSh o‘qituvchisini ikki hafta muddatga qabul qilish hamda dasturdan keyingi grantlarni olish uchun ariza topshirish imkoniyatlari;
Dastur yakunidan keyingi yangi grantlarni olish uchun ariza topshirish imkoniyati.
Tanlov Talablari
Dasturda qatnashish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:
To‘liq stavkada ishlovchi o’rta maktab o’qituvchisi bo’lish;
Ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta’lim, fuqarolik huquqi, tarix yoki geografiya) yoki matematika va tabiiy fanlardan birini o’qitishi;
Kamida besh yil o‘qituvchilik tajribasiga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston fuqarosi;
Og‘zaki va yozma ingliz tilini yaxshi bilishi (Internet asosidagi TOEFLdan kamida 45-46 bal olishi kerak);
Dastur tugashi bilan vataniga qaytib, kamida yana besh yil dars berishi kerak.
Dasturda qatnashish tartibi
2014-yil uchun “Muallimlik fazilatlari va yutuqlari” dasturida qatnashish uchun topshiriladigna anketani shu yerdan saqlab olishingiz mumkin (PDF – 425kB). Ushbu anketaga qo’shimcha ravishda o’zingiz ishlaydigan maktabdan qo’llab-quvvatlov va tavsiya xati olishingiz kerak. Bu xatga rahbaringiz yoki maktab direktori imzo qo’yishi lozim. Qo’llab-quvvatlov va tavsiya xati ingliz tilida topshirilishi lozim. Uning nusxasini mana bu yerdan saqlab olishingiz mumkin ( Institutional Support and Reference Form PDF – 102kB).
To’ldirilgan anketa va maktabdan olingan xatni uch nusxada ko’paytirib, originali bilan birga jami to’rt nusxani Toshkentdagi AQSh elchixonasiga topshirishingiz kerak.
Hujjatlarni topshirish muddati 18-mart, 2013-yil, 18:00.
Topshiradigan hujjatlaringiz quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:
- Maktabdan olingan qo’llab-quvvatlov va tavsiya xati – Application and Institutional Support and Reference Form (Bitta original va uch dona ko’chirma nusxasi);
- Anketa (Bitta original va uch dona ko’chirma nusxasi);
- Pasportingizning rasm va shaxsiy ma’lumotlar joylashgan sahifalarining nusxasi (To’rtta nusxa);
Hujjatlarni 18-mart, 2013-yilgacha quyidagi manzilga topshirishingiz kerak:
TEA 2014 PROGRAM
Public Affairs Section
Embassy of the United States of America
3 Moyqorghon Street, 5th Block Yunusobod District
Tashkent, 100093 Uzbekistan
Dastur bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin. Yuborayotgan maktubingizni “TEA” nomi bilan atashni unutmang.