“Osiyo-Tinch okeani yetakchilik dasturi”ning 2014-o’quv yili uchun qabul boshlandi. Bu dastur dunyoning turli burchagidan kelgan professional mutaxassislarga AQShda bir yil davomida (buning kamida yarmi Gavayida o’tadi) yuqori darajada malaka oshirish va tajriba orttirish imkonini beradi. Yetakchilik, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlik o’rnatilishiga qaratilgan ish va dasturlarga qiziquvchi har qanday odam, jinsi, fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar, ushbu dasturda ishtirok etishi mumkin.
Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilarga quyidagi talablar:
- Ishtirokchilar kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak;
- TOEFL yoki IELTS ingliz tili testlarini topshirgan bo’lishi kerak. Bakalavrlik darajasini o’qish tili ingliz tili bo’lgan universitetdan olganlar bu shartdan ozod qilinadi.
Yetakchilik mahorati va shu yo’nalishda, xususan, tinchlikni saqlash va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lganlar va shu yo’nalishlarga qiziqshi yuqori bo’lganlar afzal ko’riladi, ammo qatnashish uchun bular talab qilinmaydi.
Moddiy yordamga ehtiyoji borganlar uchun taxminan $15,000 atrofida grant beriladi. Grant olish istagida bo’lganlar hujjatlarni 1-dekabrgacha topshirishi lozim. Grantga ehtiyoji yo’qlar uchun hujjatlarni topshirish muddati 1-mart qilib belgilangan.
Hujjatlar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:
Award Services/APLP
East-West Center, JAB 2066
1601 East-West Road
Honolulu, Hawai‘i 96848-1601
U.S.A.
Topshirish uchun lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxati, anketa va ularni yuborish tartibi haqidagi to’liq ma’lumotni quyidagi manzilgan topishingiz mumkin:
http://www.eastwestcenter.org/education/aplp/application-and-finances/
Izoh: O’zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari ro’yxatiga kiritilmagan. Shuning uchun bu dasturga hujjat yuborishdan oldin APLP@EastWestCenter.org elektron pochtasiga xat yozishingiz va shu dasturda qatnashish istagida ekaningizni asosli tarzda ma’lum qilishingiz lozim. Anketa topshirish tartibi haqida to’liq ma’lumot: