Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi.
Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi:
- Biznes boshqaruvi;
- Iqtisodiyot;
- Ta’lim (Maorif);
- Atrof-muhitni asrashni boshqarish;
- Xalqaro munosabatlar;
- Jurnalistika va Kommunikatsiya;
- Huquqshunoslik;
- Kutubxonachilik va Axborot fanlari;
- Davlat boshqaruvi;
- Ommaviy sog’liqni saqlash;
- Davlat siyosati.
Kim uchun:
- O’zbekiston fuqarolari yoki O’zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar;
- Ariza topshirish vaqtida O’zbekistonda istiqomat qilayotganlar;
- Dastur orqali o’qish boshlangungacha bakalavr diplomiga ega bo’ladiganlar;
- Kamida TOEFL PBT testidan 550 ball bo’lishi so’raladi. TOEFL yoki IELTS testini hozir topshirgan bo’lishingiz shart emas. GRE yoki GMAT testlarini topshirish talab qilinmaydi;
- Ilgari AQShda bo’lmagan arizachilarga afzallik beriladi;
Ayni vaqtda AQShda bo’lganlar ariza topshira olmaydi. Grant berish uchun arizachining moliyaviy sharoiti rol o’ynamaydi.
Dastur ishtirokchilari o’qishni tugatgach, o’z davlatariga qaytib kelishlari kerak. J-1 vizasi talablariga ko’ra, ishtirokchilar O’zbekistonga qaytgach, kamida ikki yil J-1 vizasi orqli AQShga kira olmaydi.
Grant miqdori:
Barcha dastur ishtirokchilari 24 oy uchun oylik stipendiya, tibbiy va tasodifiy holatlar uchun sug’urta hamda ta’lim xarajatlari va safar xarajatlari uchun moliyaviy ko’mak oladi.
Ariza topshirish tartibi:
Ariza onlayn tarzda SHU YERDA topshiriladi.
Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar SHU YERDA.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Tashkent-program@state.gov manziliga murojaat qiling.
To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA
One response to “AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi”
Salom meni IELTS darajam 6 magistrni chetda uqimoqchiman bakalavr 4_kursman grant yutiw imkonyatlari haqoda malumot bersangiz baholar tulovlar haqida oldindan rahmat.