Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2015-2016-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSh universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQShda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSh hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari byurosi tomonidan ta’minlanadi.
Xabaringiz bo’lsa, AQShda magistratura o’qish uchun grant ajratuvchi “Muskie” dasturi moliyaviy yetishmovchiliklar bois o’tgan yili faoliyatini to’xtatdi. Shundan beri Fulbrayt dasturi AQSh hukumatining magistratura uchun xorijlik talabalar uchun ajratayotgan yagona granti bo’lib turibdi.
Xorijda, xususan, AQShda o’qish imkoniyatini qidirayotgan vatandoshlarimiz uchun ushbu dastur ayni muddao. Dastur talablariga javob beruvchi barcha vatandoshlarimizni unda ishtirok etishga chaqiramiz.
Dastur haqida qisqacha ma’lumot:
Fulbrayt Xorijiy Talaba Dasturi gumanitar yo‘nalishlar, tabiiy fanlar, jumladan, muhandislik va ijtimoiy fanlar bo‘yicha o‘qish uchun ariza va hujjatlarni qabul qiladi. O’zbekistondagi AQSh elchixonasi veb saytining dastur haqidagi ma’lumotlar sahifasida Edmund Maski Bitiruvchilar Stipendiyasi dasturida ko‘zda tutilgan akademik yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni istagan nomzodlar Fulbrayt Xorijiy Talaba Dasturiga ariza topshirishi mumkin. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat:
- Biznes Boshqaruvi;
- Iqtisodiyot;
- Huquqshunoslik;
- Davlat Boshqaruvi;
- Davlat Siyosati;
- Maorif;
- Atrof-muhitni asrashni boshqarish;
- Xalqaro Munosabatlar;
- Kutubxona va Axborotlar Fani;
- Jurnalistika/Kommunikatsiya;
- Sog‘liqni Saqlash.
Qatnashuvchilar ochiq raqobat sharoitida, bilim va tajribalari asosida tanlab olinadi. Tanlovda qatnashuvchilarning yetakchilik qobiliyati, a’lo baholarga o‘qishi, AQShdagi hayotga muvaffaqiyatli moslasha olish qobiliyati, amerikaliklar bilan muloqotga kirishish ishtiyoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni olg‘a surish salohiyatiga katta e’tibor beriladi.
Dastur Talablari:
Nomzodlar O‘zbekiston fuqarolari yoki mamlakat tomonidan beriladigan haqiqiy pasport olish huquqiga ega doimiy istiqomat qiluvchi bo‘lishi lozim.
Nomzodlar grant muddati boshlanish paytida AQSH ta’lim darajasi bo‘yicha bakalavr unvoniga tenglashtirilgan ma’lumot sohibi bo‘lishlari lozim.
Qaysi universitetdan bo‘lishidan qat’i nazar, magistr ma’lumotiga ega bo‘lgan nomzodlar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.
Nomzodlar AQShdagi o‘qishlarini muvaffaqiyatli yakunlashlari uchun ingliz tilini yetarli darajada o‘zlashtirgan bo‘lishlari zarur.
Qog‘oz asosidagi TOEFLdan kamida 550 balli natijaga ega bo’lish tavsiya qilinadi, lekin shart emas. GRE yoki GMAT imtihonlarini topshirishlari talab etilmaydi.
Dastur haqidagi ma’lumotnomada AQShda bo’lmagan ishtirokchilarning yutish imkoniyatlari ko’proq ekani aytilgan. Hozirgi kunda AQShda bo‘lgan nomzodlar ishtirok eta olmaydi. Tanlov jarayonida nomzodning moliyaviy ehtiyojlari yoki holatiga e’tibor berilmaydi.
Muhim eslatma:
J-viza talablariga binoan hamda o‘zaro anglashuvni olg‘a surish maqsadida barcha grant oluvchilar dastur tugashi bilan o‘z mamlakatlariga qaytib, unda kamida ikki yil yashashlari lozim.
Dastur tomonidan ta’minlanadigan grant miqdori:
Barcha grant sohiblari o‘qish to‘lovi, 24 oygacha bo‘lgan oylik stipendiyalar, kasallik va baxtsiz hodisalarga qarshi sug‘urta xarajatlari, kitob va jihozlar uchun ajratiladigan mablag‘lar, safar xarajatlari uchun moddiy yordam hamda Fulbrayt tomonidan uyushtiriladigan tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi.
Ariza topshirish sanasi:
2015-2016-o’quv yili uchun arizalar 2014-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.
Hujjatlarni topshirish tartibi:
Hujjat va arizalarni topshirish yo’l-yo’riqlari haqida batafsil ma’lumot (ingliz tilida): Application Instructions (PDF-295KB).
Hujjatlarni internet orqali to’gridan to’g’ri topshirishingiz mumkin. Buning uchun “Fulbright” dasturi rsamiy veb-sahifasida ro’yxatdan o’tishingiz va elektron anketani to’ldirishingiz kerak.
Fulbright Foreign Student Program Online Application.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Toshkentdagi AQSH elchixonasiga murojaat etishingiz mumkin. Murojaat uchun manzil:
U.S. Embassy Tashkent
3 Moyqorgon Street,
Yunusabad 5th District, Tashkent
(998 71) 120-5450
Savollarni elektron pochta orqali quyidagi e-mail manziliga ham yuborishingiz mumkin: Tashkent-program@state.gov
Maktub nomi yoziladigan joyga “Fulbright Foreign Student Program” deb yozishni unutmang.