AQShda magistratura o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishga bag’ishlangan seriyali maqolalarimizni davom ettiramiz. Bu safar universitetlarga hujjat tayyorlash va qabul jarayonidan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida hikoya qilamiz. Qayerda o’qimoqchi ekaningizni bilasiz. Kamida uch-to’rtta universitetlarni ko’z oldingizga olib qo’ygansiz. Demak, endigi vazifa ushbu o’quv yurtlariga belgilangan muddat ichida kerakli hujjatlarni topshirish. Avvalgi maqolada aytganimizdek, imkon qadar ko’proq universitetga […]