AQShning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2015-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.
Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi:
- Adliya;
- Ta’lim;
- Kutubxonachilik;
- Jurnalistika;
- Siyosatshunoslik;
- Biznes;
- Moliya;
- Jamiyatshunoslik;
- Atrof-muhitni o‘rganish;
- Madaniyat va san’at.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi saytida yozilishicha, ushbu dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi va boshqa xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilikni kuchaytirish, shu tariqa Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona, samimiy va tinch munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
“Fulbrayt” stipendiyasini qo’lga kiritgan olim va professionallar AQShda to‘rt oydan 10 oygacha bo‘lgan muddatda tadqiqot olib borish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.
Ushbu dasturga ariza topshiruvchi kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, ingliz tilini mukammal bilishi, fan nomzodi yoki doktorlik darajasiga yoxud o‘z sohasida kamida 15 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, barcha nomzodlarning sog‘ligi yaxshi holatda bo‘lishi talab qilinadi.
Hujjatlar 2014-yilning 4-noyabrigacha qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi manzil orqali ro’yxatdan o’tib, kerakli hujjatlarni topshirishingiz lozim:
https://apply.embark.com/student/fulbright/scholars
Dastur bo’ycha savollaringiz bo’lsa, ularni Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yo’llashingiz mumkin. Shuingdek, mavzu bo’yicha so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lib turish uchun elchixonaning “Facebook”dagi sahifasini kuzatib borishingizni tavsiya etamiz.