Ko’plab talabalar va ularning ota-onalari o’qish uchun kollej yoki universitet tanlashda, avvalo, o’quv yurtining reytingiga qaraydi.
Jorjtaun universiteti yaqinda oliy o’quv yurtlarining reytinini belgilashda yangi o’lchov mezonlarini joriy qildi. Unda talabalar oladigan baho, qabul darajasi va imtihonlarga qarab emas, balki o’qish uchun sarflanadigan sarmoya qanchalik o’zini oqlashiga e’tibor berilgan.
Bakalavr darajasini beruvchi to’rt yillik xususiy kollejlar nafaqat o’qishni bitirish bilan, balki oradan 40 yil o’tib ham sarmoyani eng yaxshi oqlaydigan o’quv yurtlari ekani aniqlangan.
“Masalan, Massachusetsdagi xususiy Bebson kolleji 10 yillik qiymati bo’yicha 304-o’rinda, lekin 40 yilda keltiradigan foydasi bo’yicha 7-o’rinda”, – deyiladi Jorj Vashington universiteti e’lon qilgan hisobotda.
Universitet 2500 oliy o’quv yurtiga aynan o’qish uchun sarflangan mablag’ qanchalik o’zini oqlashi mezonidan kelib chiqib baho bergan.
Ro’yxatning boshida Olbani Farmasevtika va tibbiy fanlar kolleji turibdi. Bu yerda yillik o’qish narxi 50 ming dollar atrofida. Uni bitirganlar 10 yilda 385 ming, 20 yilda 1,3 million, 40 yilda esa 2,72 million dollar topadi.
Reytingda mashhur Stenford universiteti 5-o’rinni egallagan. Bu xususiy notijorat o’quv yurti bitiruvchilarga 10 yilda 307 ming, 20 yilda 1,013 million, 40 yilda esa 2,068 millilon dollar qaytarishi aniqlangan.
“Hamma kollejga shuncha pul sarflash o’zini oqlaydimi deb so’raydi. Biz shunga javob topishga urindik. Xarajatlar va foydalar haqidagi bunday ma’lumot nafaqat talabalarga foydali, balki u institutlar mas’uliyatini ham oshiradi”, – deydi Jorj Vashington universitetida shu loyihaga rahbarlik qilgan Antoni Karnival.
Ro’yxatning eng tepasidan qaysi universitetlar o’rin olgan. “Top 20″talikka kirgan o’quv yurtlari ro’yxatiga nazar tashlaymiz. Ularning ba’zilari ko’pchilik uchun notanish va ko’plab reytinglarda ko’rinmaydi.
Albany College of Pharmacy and Health Sciences (N.Y.)
St. Louis College of Pharmacy (Mo.)
Massachusetts College of Pharmacy and Health Sciences (Mass.)
Massachusetts Institute of Technology (Mass.)
Stanford University (Calif.)
Maine Maritime Academy (Maine)
Babson College (Mass.)
Harvard University (Mass.)
Georgetown University (D.C.)
U.S. Merchant Marine Academy (N.Y.)
University of the Sciences (Pa.)
St Paul’s School of Nursing-Queens (N.Y.)
Massachusetts Maritime Academy (Mass.)
Harvey Mudd College (Calif.)
Stevens Institute of Technology (N.J.)
University of Pennsylvania (Pa.)
California State University Maritime Academy (Calif.)
California Institute of Technology (Calif.)
Colorado School of Mines (Colo.)
Bentley University (Mass.)
Ro’yxat boshidagi uchlikni farmasevtika va tibbiyot yo’nalishidagi kollejlar egallagan. Tijoriy foyda olishni ko’zlovchi universitetlar ro’yxatning quyi o’rinlarini band etgan.