Showing Archived Posts

AQShda talabalar qarzi oshib bormoqda

Posted October 30th, 2012 at 2:51 pm (UTC-5)
Leave a comment

O’tgan yili AQShda bakalavrlik darajasiga ega bo’lgan talabalarning uchdan ikki qismi o’qishni qarz bilan tamomlagan. Talabalar qarzi o’rtacha $26,500 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu bir yil oldingi ko’rsatkichdan besh foiz yuqoridir. Bu haqda “Kollejda o’qish va muvaffaqiyat qozonish instituti” (Institute for College Access and Success) hisobotida ma’lumot berilgan. O’qish uchun olingan qarzlarning beshdan bir qismi […]

AQSHda talabalar soni kamaymoqdami?

Posted September 19th, 2011 at 10:26 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSH prezidenti Barak Obama “Amerika Ish qonuni” loyihasini Kongressga taqdim etarkan, mamlakat taraqqiyoti uchun ta’lim muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidladi. Asosan, mamlakatdagi ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida qabul qilinayotgan yangi qonun loyihasida maktablarni ta’mirlash va boy berilgan o’qituvchi ish o’rinlarini qayta tiklash ham ko’zda tutilgan. Iqtisodiy inqiroz bevosita ta’lim tizimiga ham ta’sir etayotgani amalda […]

O’quv yili tugamoqda: Ish topdingizmi?

Posted May 2nd, 2011 at 1:44 pm (UTC-5)
Leave a comment

Dunyoning ko’plab o’lkalarida navbatdagi o’quv yili o’z poyoniga yetmoqda. Jumladan, AQShda ham. Universitetni bitirayotgan aksariyat yoshlar oldida kelajak mavhum. Chunki hozir mamlakatda ish topish har qachongidan ham qiyin. Iqtisod jiddiy tanazzulga yuz tutgan 2008-yildan beri ishsizlik darajasi 9 foizdan pastga tushmayapti. Bu 1980-yillar boshidagi rekord darajaga yaqin. “Amerika Ovozi” o’zbek xizmati bugun shu muammoni ko’tarib […]

Moliyaviy inqiroz AQSh ta’lim tizimi uchun qanchaga tushdi?

Posted April 25th, 2011 at 11:58 pm (UTC-5)
Leave a comment

2008-yil AQShda boshlanib, so’ng butun dunyoni o’z domiga tortgan moliyaviy inqiroz bugun o’z nihoyasiga yetgani haqida aytilayotgan bo’lsa-da, ammo uning uzoq muddatli asoratlari hanuz mavjud va ulardan osonlikcha qutulishning iloji ham yo’q. AQShda ushbu inqirozdan aziyat chekmagan sohaning o’zi qolmadi. Ishsizlik 10 foizgacha chiqib, 1982-yilgi rekord darajaga yetib qoldi. Nafaqat xususiy sektor, balki davlat qaramog’idagi […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.