Showing Archived Posts

Talabalar saylov uchun qanchalik muhim?

Posted April 29th, 2012 at 10:54 pm (UTC-5)
1 comment

O’tgan hafta prezident Barak Obama AQShning uch nufuzli universitetiga tashrif buyurdi. Tashriflar ish safari sifatida belgilangan bo’lsa ham, saylov arafasida prezident Shimoliy Karolina, Kolarado va Ayova shtatlaridagi yosh saylovchilar e’tiborini qozonishga urinmoqda. Chunki saylov taqdirini hal qilishda ushbu shtatlar muhim ahamiyatga ega. Talabalar bilan uchrashuvda Obama o’qish uchun davlatdan olinadigan qarzlarga to’lanadigan foiz miqdorlari kamaytirilishi […]

O’rta maktab o’qituvchilari AQShda malaka oshirishdi

Posted March 26th, 2012 at 11:31 pm (UTC-5)
Leave a comment

Kuni kecha AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat masalalari byurosi xorijlik 88 nafar o’rta maktab o’qituvchisiga AQShda malaka oshirganlik to’g’risidagi sertifikatlarni topshirdi. Ushbu o’qituvchilar dunyoning 29 mamlakatidan kelgan. Ular “Muallimlik fazilatlari va yutuqlari” (Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program) nomli dastur doirasida AQShning turli oliy o’quv yurtlarida olti hafta davomida malaka oshirdilar. “TEA” dasturi AQSh […]

AQSh prezidentligiga nomzodlar: Ularning ta’lim bo’yicha fikrlari qanday?

Posted March 11th, 2012 at 9:58 am (UTC-5)
Leave a comment

AQSh prezidentligi uchun bu yilgi saylovda respublikachilardan amaldagi prezident Obamaga qarshi kimning nomzod bo’lishi hali ma’lum emas. Partiya doirasidagi saralash bahslari qizg’in pallaga kirgan. Poygada ishtirok etayotgan to’rt nomzod orasida hozircha Mit Romni oldinda bormoqda. Nomzodlarning saylov kampaniyasidan turli mavzular, masalalar o’rin olgan. Ular orasidan biz uchun qizig’i bu ta’lim. Prezidentlikka da’vogar shaxslar mamlakatdagi ta’lim […]

“Fulbright” AQSHda o’qish uchun arizalar qabulini boshladi

Posted March 3rd, 2012 at 3:53 pm (UTC-5)
2 comments

Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2013-2014-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSH universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQSHda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSH hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari  byurosi tomonidan ta’minlanadi. […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

O’qituvchilar uchun 5 mlrd. dollar

Posted February 20th, 2012 at 11:17 pm (UTC-5)
Leave a comment

Obama ma’muriyati o’qituvchilik kasbini rivojlantirish va rag’batlantirish maqsadida shtatlar uchun 5 mlrd. dollarlik grantlar dasturini e’lon qildi, deya xabar qiladi “New York Times” gazetasi. 2009-yil maktablarni isloh etish maqsadida tatbiq etilgan “Race to the Top” (Yuqoriga Poyga) dasturi shaklida amalga oshiriladigan yangi grant loyihasi, Obamaning Kongressdagi nutqida ta’kidlanganidek, yaxshi o’qituvchilarni rag’batlantirish va o’qituvchilikni sharafli va […]

Obama AQSH ta’lim tizimiga nima bera oladi?

Posted February 6th, 2012 at 10:15 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSH prezidenti Barak Obama e’tiboridagi muhim masalalardan biri ta’lim ekani shubhasiz. Agar sifatli ta’lim berish bo’yicha yetakchilikni qo’ldan boy bersak, Amerikaning buyukligi xavf ostida qolishi mumkin, deb prezident ko’p ta’kidlaydi. Yaqinda AQSH Kongressida qilgan nutqida ham Obama mamlakat ta’lim tizimidagi ayrim maummolarga to’xtalib o’tib, ularni bartaraf etish bo’yicha o’z fikrlarini ilgari surdi. Mamlakat ta’lim tizimining […]

“Muskie” uchun qabul boshlandi: AQShda magistratura o’qish uchun to’liq grant

Posted October 9th, 2011 at 4:18 pm (UTC-5)
2 comments

“Edmund Muskie” nomidagi magistratura darajasi uchun ajratiladigan stipendiyalar Dasturi 2012-o’quv yili uchun o’zbekistonliklardan hujjat qabul qilishni boshladi, deya xabar beradi AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi veb-sahifasi. Bu dastur AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, Yevroosiyo mamlakatlari fuqarolariga AQShda magistratura yoki bir yillik professional ta’lim kursi uchun o’qish imkoniyatini beradi. Dasturda […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

O’zbek olimlari uchun “Fulbright” dasturi tanlovni boshladi

Posted October 5th, 2011 at 11:35 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSHning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2012-2013-o’quv yili uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega professionallar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi: Huquq; Ta’lim; Kutubxonachilik; Jurnalistika; Siyosatshunoslik; Biznes; Moliya; Jamiyatshunoslik; […]

Obama: “Ta’lim oldimizda turgan eng dolzarb vazifa”

Posted July 26th, 2011 at 12:09 am (UTC-5)
Leave a comment

Kuni kecha Prezident Barak Obama Oq Uyda jamoat va biznes doirasi vakillari bilan AQShda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish mavzusida yig’in o’tkazdi. Oq Uy blogining xabar berishicha, Obama uchrashuvda bir qator xususiy kompaniya va jamoat sektori namoyandalari bilan Amerikaning barqaror kelajagini ta’minlashda ta’limning roli va unda xususiy sektorning ishtiroki mavzusida fikr almashgan. Yig’inda ishtirok etgan bir qator […]

Xalqaro talabalar uchun yangi imkoniyat

Posted May 30th, 2011 at 12:45 pm (UTC-5)
Leave a comment

Davlat departamenti xalqaro talaba, tadqiqotchi va mutaxassislar uchun jamiki ta’lim grantlari va dasturlarini bir joyga yig’ib, yangi vebsayt ochdi. J-1 vizasini oluvchi xorij fuqarolariga doir ma’lumot http://j1visa.state.gov vebsaytiga joylandi. Sayt 1-iyundan to’liq ishga tushgan. Amerikada o’qish imkoniyati, ta’lim dasturlari, grantlar va hujjat topshirish yo’l-yo’riqlari hamda J-1 vizasini olish tartibi haqida sayt batafsil ma’lumot beradi. Har […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.